Agar elementni ro’yxat oxiriga emas, balki uning ma’lum bir o’rniga qo’shmoqchi bo’lsak insert() funksiyasini ishlatamiz. Buning uchun qo’shmoqchi bo’lgan o’rnimizning indeksi ham kiritiladi. Masalan hozir ro’yxatning boshiga yangi elemetni qo’shamiz:
Ro’yxatdan elementni o’chirishning bir nechta usullari bor.
remove() funksiyasi belgilangan elementni ro’yxatdan o’chiradi. Bunda uning indeksi emas balki o’zi ko’rsatiladi:
del kalit so’zi bilan ko’rsatilgan indeks bo’yicha element ro’yxatdan o’chiriladi. Agar shunchaki ro’yxat nomi ko’rsatilsa, butun ro’yxat o’chiriladi. Hozir misolimizda, avvalo, bir elementni o’chiramiz, so’ngra ro’yxatning o’zini o’chiramiz: