toq_son = {1, 3, 5, 7, 9} for x in toq_son: print(x) prin("---------\n") print(3 in toq_son)
Element qo’shish
To’plam hosil qilingandan so’ng uning elementlarini o’zgartirib bo’lmaydi, ammo yangi element qo’shish mumkin. Agar to’plamga bitta element qo’shish kerak bo’lsa, add() fuksiyasi, agar bir nechta element qo’shish kerak bo’lsa, update() funksiyasi ishlatiladi.
toq_son = {1, 3, 5, 7, 9} toq_son.add(9) print(toq_son) toq_son.update([11, 13, 15]) print(toq_son)
To’plam uzunligi
To’plamning uzunligi, ya’ni nechta elementdan tashkil topganligini len() kalit so’zi bilan aniqlanadi:
meva = {"nok", "banan", "shaftoli"} print(len(meva))
Elementni o’chirish
Elementni to’plamdan o’chirish uchun remove() va discard() funksiyalari ishlatiladi. Bu funksiyalarning farqi shundaki, remove() funksiyasi bilan o’chirmoqchi bo’lgan elementimiz to’plamda mavjud bo’lmasa, kod ishga tushganda xatolik ro’y beradi. discard() funksiyasi bilan esa bu holat kuzatilmaydi.
Hozir ikkala usul bilan ham elementlarni o’chirib ko’ramiz:
toq_son = {1, 3, 5, 7, 9}
toq_son.remove(1) print(toq_son)
toq_son.discard(5) print(toq_son) Elementni to’plamdan pop() funksiyasi bilan ham o’chirish mumkin. Ammo pop() funksiyasi xususiyatiga ko’ra ro’yxat oxiridagi elementni o’chiradi. To’plam esa tartiblanmagan ro’yxat. Shuning uchun bu funksiya aynan qaysi elementni o’chirishini oldindan bilolmaymiz. Biroq o’chirilgan elementni aniqlash mumkin:
meva = {"nok", "banan", "shaftoli"} x = meva.pop() print(meva)