Agar biror dictionary to’plamidan nusxa olib ayna uning o’zidek to’plam hosil qilmoqchi bo’lsak, buni maxsus yo’l bilan qilish kerak bo’ladi. Bunday holatda bizga copy() yoki dict() maxsus funksiyalari yordamga keladi. Har ikkala funsiyadan ham foydalanish mumkin. Hozir buni misolda ko’rib chiqamiz:
setdefault() fuksiyasi ko’rsatilgan kalit bo’yicha element qiymatini qaytaradi. Agar bunday kalit to’plamda mavjud bo’lmasa, shu kalit va biz ko’rsatgan qiymatni yangi element sifatida to’plamga qo’shadi.
Hozir tekshirib ko’ramiz, agar model kaliti to’plamda mavjud bo’lsa, bizga uning qiymati ko’rsatilsin. Aks holda shunday kalitga Captiva qiymatini biriktirib, to’plamga qo’shilsin.
update() funksiyasi to’plamga yangi element (kalit-qiymat juftligi) qo’shadi. Bunda har bir vaqtning o’zida istalgancha element qo’shish mumkin.
Hozir biz to’plamga yangi element qo’shamiz:
Mantiq elementlari 2 xil qiymatdan birini qabul qiladi. True (rost) yoki False (yolg’on).
Dasturlashda mantiq elementlarini bilish shart. Pythonda istalgan shartni tekshirib True yoki False qiymatlariga ega bo’lishi mumkin. Masalan, 2 ta qiymatni o’zaro taqqoslasak, Pythonda bizga mantiq elementlari bilan javob qaytaradi. Quyidagi dasturni ishga tushirsak, ekranga faqat True va False qiymatlari chiqadi:
print(10 > 9) print(10 == 9)
print(10 < 9)
If operatori bilan shart tekshirilganda ham Python bizga mantiq elementlari bilan javob qaytaradi.
Mantiq elementlarining asosiy vazifasi bizga biror shartning bajarilishi rost yoki yolg’on ekanligini ifodalab berishdir. Va shunga qarab Pythonga biror yangi amalni bajarish yoki bajarmaslikni buyruq beramiz.
Masalan hozir dasturimizda bir shartni tekshiramiz. Agar u to’g’ri bo’lsa, ekranga to’g’ri deb chiqsin. Aks holda, noto’g’ri deb xabar bersin.