"brend": "Chevrolet", "model": "Malibu", "yil": 2016 } for x in avto: print(x)
Agar qiymatlarning o’ziga murojaat qilmoqchi bo’lsak, values funksiyasidan foydalanamiz yoki yuqoridagidan biroz boshqacharoq tarzda amalga oshiramiz. Quyidagi kodimizda har ikkala usuldan ham foydalangan holda qiymatlarni ekranga chiqaramiz:
avto = { "brend": "Chevrolet", "model": "Malibu", "yil": 2016 } #1-usulfor x in avto: print(avto[x]) #2-sulfor x in avto.values(): print(x)
Agar kalit va qiymatlarning ikkalasiga ham bir vaqtda murojaat qilmoqchi bo’lsak, items() funksiyasidan foydalanamiz:
avto = { "brend": "Chevrolet", "model": "Malibu",
"yil": 2016
} for x,y in avto.items(): print(x,y)
Kalit so’z mavjudligini aniqlash
Biror kalit to’plamda bor yoki yo’qligini aniqlash uchun in kalit so’zi ishlatiladi:
avto = { "brend": "Chevrolet", "model": "Malibu",
"yil": 2016
} if "yil" in avto: print("Ha, mavjud") else: print("Yo'q mavjud emas")
Lug`atning funksiya va metodlari
Dict.clear()- lug`atni tozalaydi.
Dict.copy()-lug`at nusxasini qaytaradi.
Classmethod dict.fromkeys(seq[, value])- Seq dan kalitni va Value qiymatlariga ega bo`lgan lug`atni yaratadi.
Dict.get(key[, default])-kalit qiymatini qaytaradi, lekin u bo`lmasa xatolik beradi, default (jimlikda None) qaytaradi.