continue kalit so’zi bilan siklning ba’zi nuqtalaridan sakrab o’tish mumkin. Masalanm biz 6 dan tashqari 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqaramiz. Bunda 6 soni hisobga olinmay undan o’tib ketiladi:
i = 1 while i < 11: i+=1 if i == 6: continue print(i)
else
else kalit so’zi sikl to’xtagandan so’ng ham yan bir amal bajarish imkoni beradi. Masalan, sikl to’xtgandan so’ng to’xtaganligi haqida ma’lumot ekranga chiqsin:
i = 1 while i < 11: print(i) i+=1 else: print("sikl to'xtadi")
For sikli
Python dasturlash tilida for operatori C va Paskal dasturlash tillarida qo`llanishidan farq qiladi.
Python da for operatori biroz murakkabroq, lekin while sikliga qaraganda ancha tezroq bajariladi.
For…in operatori obyektlar ketma-ketligida iteratsiyani amalga oshiradi, ya’ni bu sikl har qanday iteratsiya qilinadigan obyekt bo`ylab o`tadi(satr yoki ro`yxat bo`ylab) va har bir o`tish vaqtida sikl tanasini bajaradi.
Python dasturlash tilida for sikli asosan to’plam va ro’yxatlar bilan ishlatiladi. For sikli bilan to’plam yoki ro’yxatning har bir elementiga murojaat qilish mumkin. Masalan, quyidagi ro’yxatning har bir elementini ekranga chiqaramiz:
meva = ["olma", "anor", "banan"] for in meva: print(a)
Satr bo’ylab sikl
Satr bo’ylab sikl amalga oshirilsa satrdagi har bitta harfga murojaat bo’ladi. Chunki satr harflar to’plamidan tashkil topgan. Hozir quyidagi so’zning barcha harflarini ekranga chiqaramiz:
for a in "dastur": print(a)
break
break kalit so’zi bilan siklni to’xtatamiz, hattoki sikl to’xtamagan bo’lsa ham. Masalan, “dastur” so’zining harflarini birma-bir ekranga chiqarish siklini ishga tushuramiz va “s” harfiga yetganda siklni to’xtatamiz: