Python dasturlash tilida ikki xil sikl ishlatiladi. Bular while va for sikllari. Ularning qulayligi shundaki, ular belgilangan nuqtaga yetmaguncha ko’rsatilgan amalni qayta-qayta bajaraveradi. Shu sababli biz bir amalni qayta-qayta yozib o’tirmaymiz. while va for qo’llanish usuli va joyiga ko’ra farqlanadi. Bu dasrda while bilan tanishamiz.
while sikliga odatda bir shart berish kerak bo’ladi va o’sha shart bajarilmaguncha u biz ko’rsatgan amalni qayta-qayta bajaraveradi. while sikli quyidagi umumiy ko`rinishga ega:
while (shart): sikl_tanasi
Agar (shart) rost (true) qiymatga ega bo`lsa, sikl_tanasi bajariladi. Qachonki shart yolg`on (false) qiymatga teng bo`lsa sikl tugatiladi.
Agar (shart) true qiymatga ega bo`lmasa sikl tanasi biror marta ham bajarilmaydi.
Masalan 1 da 10 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqarishimiz kerak bo’lsa, buni quyidagicha amalga oshiramiz:
Avval, boshlang’ich nuqtani belgilaymiz, ya’ni o’zgaruvchi 1 ga teng bo’ladi. So’ngra shunday shart beramizki toki o’sha shart o’zgaruvchi 11 dan kichik ekan, uni har safar ekranga chiqarib shu songa 1 ni qo’shib ketaversin. Natijada o’zgaruvchimiz toki 10 ga yetguncha ushbu amalni bajaraveradi. 11 ga yetganda esa shart bajarilmay qoladi va sikl to’xtaydi.
i = 1 while i < 11: print(i) i+=1
break
break kalit so’zi siklni to’xtatadi. Asosiy sikl davom etayotgan bo’lsa ham, biz belgilagan nuqtada siklni to’xtatadi. Masalan yuqoridagi misolni olamiz. Uni shunday o’zgartiramizki, o’zgaruvchimizning qiymati 5 ga yetganda sikl to’xtaydi va qolgan sonlarni ekranga chiqarmaydi: i = 1 while i < 11: print(i) if i == 5: break