Python asoslari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə45/81
tarix13.12.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#176038
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
k100001

for x in "dastur":
print(x) if x == "s": break

Endi e’tiborimizda bir narsaga qaratsak. Yuqoridagi kodda print buyrug’i break buyrug’idan oldinroq qo’ygan edik. Shu sababli avval “s” harfi ekranga chiqib, so’ng sikl to’xtadi. Endi print buyrug’ini pastroqqa qo’yamiz. Bunda “s” harfi ekranga chiqmay qoladi, chunki sikl undan avvalroq to’xtaydi.
for x in "dastur": if x == "s": break
print(x)

continue


continue kalit so’zi siklning ayrim joylaridan sakrab o’tadi. Aniqroq qilib aytganda sikl davomida ayrim nuqtalarga kelganda ko’rsatilgan amalni bajarmay ketadi.
Masalan, “python” so’zidagi harflarni ekranga chiqaramiz va shunda “h” harfini tashlab ketamiz:
for x in "python": if x == 'h': continue
print(x)

range() va xrange()


range() funksiyasi biror amalni belgilangan marta bajarish yoki biror oraliqdagi sonlarga murojaat qilsh uchun qo’llaniladi. Bunda range() ichiga kerakli son qo’yiladi va sanoq avtomatik tarzda o dan boshlanib ko’rsatilgan songacha davom etadi. Ammo uning o’zi hisobga kirmaydi.
Tushunish uchun misol ko’ramiz. 0 dan 5 gacha (5 soni hisobga kirmaydi) bo’lgan sonlarni ekranga chiqaramiz:
for x in range(5):

print(x)


0
1
2
3
4
Yuqorida biz range() funksiyasida sanoq avtomatik 0 dan boshlanishini aytib o’tdik. Biz uni o’zimiz istagan sondan boshlashimiz ham mumkin.
Masalan 1 dan 5 gacha bo’lgan sonlarni ekranga chiqaramiz. Bunda sanoq 1 dan boshlanishi uchun 1 sonini ham kiritamiz. Demak, biz 1 dan 6 gacha bo’lgan oraliqni kiritamiz:
for x in range(1,6):

print(x)


1
2
3
4
5
range() funksiyasida sonlar avtomatik bittaga ortib boradi. Ammo bu holatni ham o’zgartirish mumkin. Bunda oraliqni ko’rsatgandan so’ng sanoq nechtaga ortishini ham kiritamiz. Shunda funksiya ichidagi dastlabki ikkita son oraliqni, uchinchi son esa sanoq nechtaga ortiqshini ko’rsatadi.
Masalan, 1 dan 10 gacha bo’lgan faqat juft sonlarni ekranga chiqarmoqchimiz. Bunda oraliqni 2 dan 11 gacha deb belgilaymiz. Shunda sanoq 2 dan boshlanadi va 10 gacha davom etadi. Har safar sanoq ikkitaga ortishi uchun uchinchi bo’lib 2 soni kiritamiz:
for x in range(2, 11, 2): print(x)

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin