Funksiyada ma’lumotlar argumentlar orqali uzatiladi. Argumentlar funksiya hosil qilayotganda funksiya nomidan so’ng qavslar ichiga kiritiladi. Argumentlar bir emas bir nechta bo’lishi mumkin. Bunday holatda ularni vergul bilan ajratib yoziladi.
Quyidagi misolimizda bizda ism degan argument bor. Funksiya hosil qilinganda argumentni qayerda qo’llash kerakligini ko’rsatamiz. Funksiyani chaqirayotganda esa o’sha argument o’rnida qanday qiymat bo’lishi kerakligini ko’rsatamiz:
Funksiya tuzilayotganda nechta argument bilan tuzilsa, chaqirilayotganda ham shuncha argument bilan chaqirilishi kerak. Aks holda xatolik yuz beradi.
Masalan, quyidagi misolimizda ikkita – ism va familiya argumentli funksiya tuzamiz va uni shu ikkita argument orqali chaqiramiz:
def my_func(ism, familiya): print(ism + " " + familiya)
Bir argument orqali bir nechta qiymatlarda foydalanmoqchi bo’lsak, funksiya tuzilayotgan vaqtda argument nomi oldidan * belgisi qo’yiladi. Bu usul bilan ko’proq qiymatlar to’plamiga ega bo’lamiz va bir argumentni bir nechta qiymatlar bilan ishlatishimiz mumkin.
def mevalar(*meva): print(meva[0] + "," + meva[2])
Funksiyalar vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi. Bular qiymat qaytaradigan va qiymat qaytarmaydigan funksiyalar. Biz yuqorida hosil qiligan funksiyalarimiz bu qiymat qaytarmaydigan funksiyalar hisoblanadi. Endi esa qiymat qaytaruvchi funksiyalar hosil qilish bilan tanishamiz. Qiymat qaytaruvchi funksiyalar hosil qilish uchun return so’zidan foydalanamiz.
Masalan, istalgan sonning kvadratini chiqaruvchi funksiya tuzsak: