type(name, bases, dict)- name sinfidagi yangi ekzemplarni qaytaradi.
vars([object])- obyekt atributlarining ro`yxati. Jimlik holatida- local nomlar lug`ati.
Biz hozir yuqorida Python dasturida kiritilgan funksiyalar bilan tanishdik. Ammo lekin siz o'zingizning funksiyalaringizni ham yaratishingiz mumkin. Ushbu funksiyalar foydalanuvchi tomonidan belgilangan funksiyalar deb ataladi.
Funksiya koddagi bir blok hisoblanadi. U faqat chaqirilgandagina ishlaydi. Ya’ni qandaydir funksiya tuzilgan, ammo uni hali ishlashiga buyruq bermasak kodimiz ishga tushganda bu funksiya bajarilmaydi.
Funksiyaga ma’lumotlar uzatishimiz mumkin va bu ma’lumotlar funksiya uchun parametrlar hisoblanadi. Funksiya bizga ma’lumotlarni natija sifatida qaytarishi mumkin.
Funksiyalar def kalit so’zi bilan hosil qilinadi. def so`zidan so`ng funksiya nomiva qavs ichida formal parametrlar ro`yxati ko`rsatiladi. Funksiya tanasini hosil qiluvchi instruksiyalar keyingi qatordan boshlab bo`sh joy(отступь) bilan yoziladi. Quyidagi kodimiz ishga tushsa, bizga hech qanday natija bermaydi. Chunki biz faqat funksiya hosil qilgan bo’lamiz:
def my_func(): print("Funksiya ishga tushdi")
Avval aytganimizdek funksiya faqat chaqirilgandagina ishlaydi. Uni chaqirish uchun funksiyaning nomi qavslar bilan yozamiz. Yuqoridagi kodimiz natija berishi uchun o’sha funksiyani chaqiramiz va funksiya ishga tushadi: