Bitta elementli tuple kortejini hosil qilish uchun alement qiymatidan so’ng vergul qo’yish kerak. Aks holda bunday kortej hosil bo’lmaydi:
a = ("kitob",) print(type(a)) b = ("kitob") print(type(b))
Manfiy indeks sanoqning oxiridan boshlanishini anglatadi. Masalan, -1 eng oxorgi, -2 oxiridan ikkinchi element va hokazo.
a = ("kitob", "daftar", "ruchka") print(a[-1])
ruchka
Indeks oralig’i
Ro’yxatning ma’lum qismidagi bir nechta elementni tanlab olish uchun o’sha indekslar oralig’ini kiritamiz. Bunda uning boshlanish va oxirgi nuqtalari kiritiladi. Element tanlashda oxirgi nuqta hisobga kirmaydi. Ya’ni boshlang’ich nuqtadan boshlanib oxirgi nuqtadan bitta oldingi elementgacha olinadi.
Hozir ekranga ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi elementlarni tanlab ekranga chiqaramiz:
a = ("kitob", "daftar", "ruchka", "qog'oz", "qalam") print(a[1:4]) ('daftar', 'ruchka', "qog'oz")
Element qiymatlarini o’zgartirish
Tuple to’plamidagi elementni to’g’ridan-to’g’ri o’zgaartirib bo’lmaydi. Yuqorida aytganimizdek u o’zgarmas. Biroq bu muammoning ham yechimi bor. Tuple ro’yxatini avval list ro’yxatiga aylantirib, so’ngra istalgan elementni o’zgartiriladi va yana tuple ro’yxatiga aylantiriladi:
a = ("kitob", "daftar", "ruchka") b = list(a) b[2] = "qalam" a = tuple(b)