a = [1, 2, 3, 4, 5] b = [5, 6, 7] c= a + b print(c)
[1, 2, 3, 4, 5, 5, 6, 7] Bir ro’yxatga boshqasini qo’shishning yana bir yo’li – ikkinchi ro’yxatning elementlarini bittalab qo’shib chiqish:
mashina1 = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] mashina2 = ["BMW", "MErcedes", "Porsche"] for x in mashina2: mashina1.append(mashina2) print(mashina1)
extend() funksiyasi ham bir ro’yxatdagi elementlarni ikkinchisiga qo’shib chiqadi. Qo’shilayotgan elementlar avtomatik tarzda ro’yxat oxiridan boshlab qo’shiladi.
a = [1, 2, 3, 4, 5] b = [5, 6, 7] a.extend(b) print(a)
count() va index()
count() funksiyasi belgilangan qiymatga teng elementlar sonini aniqlaydi.
index() funksiyasi belgilangan elementning indeksini aniqlaydi. Agar bunday elementlar bir nechta bo’lsa, faqat birinchisining indeksini aniqlaydi.
Hozir ro’yxatda nechta 5 soni borligi va uning indeksini aniqlaymiz:
a = [1, 2, 3, 4, 5] x = a.count(5) print(x) x = a.index(5) print(x)
sort() va reverse()
sort() funksiyasi ro’yxatni tartiblaydi. Agar ro’yxat sonlardan tashkil topgan bo’lsa, o’sish tartibida, satr yoki farflardan tashkil topgan bo’lsa, alifbo bo’yicha tartiblaydi.
reverse() funksiyasi ro’yxatning joriy holatdagi tartibini teskarisiga o’zgartiradi.
Hozir ikki xil ro’yxatni avval tartiblaymiz, so’ngra ularni teskarisiga o’zgartiramiz: