raqam = 2 kilo = 3 pul = 5000 savdo = "{}-do'kondan {} kg olmani {} so'mga sotib oldim" print(savdo.format(raqam, kilo, pul))
2-do'kondan 3 kg olmani 5000 so'mga sotib oldim Qiymatlarni joylashtirish tartibini o’zingiz aniq belgilab bermoqchi bo’lsangiz indeks sonlaridan foydalanishingiz kerak bo’ladi. Eslatib o’tamiz dasturlashda sanoq 0 dan boshlanadi:
raqam = 2 kilo = 3 pul = 5000 savdo = "{1} kg olmani {0}-do'kondan {2} so'mga sotib oldim" print(savdo.format(raqam, kilo, pul)) 3 kg olmani 2-do'kondan 5000 so'mga sotib oldim
Satrlarni formatlashni yana bir necha xil usullari bor. Ular bilan keyingi dasrda tanishamiz.
Maxsus belgilar Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari- klaviatura yodamida kiritish murakkab bo`lgan belgilarni yozishga imkon beradi. Ayrim belgilar borki, ularni satr ichida to’g’ridan to’g’ri qo’llab bo’lmaydi.
Ularni satr ichida qo’llanganda doimo \ (backslash) belgisi ham bo’lishi shart.
Masalan, qo’shtirnoqni satr ichida shunchaki qo’llasak, dasturda xatolik yuz beradi:
txt = "Akam bilan "Paxtakor" metrosida ko'rishamiz" print(txt) Dasturda xatolik bo’lmasligi uchun qo’shtirnoqni \” ko’rinishida belgilaymiz.
txt = "Akam bilan \"Paxtakor\" metrosida ko'rishamiz"
print(txt)
Satr ichida qo’llanadigan boshqa maxsus belgilardan namuna: