Pythonda o’zgaruvchilarni yoki natijalarni ekranga chiqarish uchun print funksiyasidan foydalaniladi. Biror matnga satr o’zgaruvchisini biriktirish uchun “+” belgisi ishlatiladi:
x = "maroqlidir"
print ("Dasturlashni o'rganish "+x)
Bundan tashqari “+” belgisini o’zgaruvchilarni o’zaro biriktirish uchun ham ishlatsa bo’ladi:
x = "Dasturlashni" y = "o'rganamiz" print (x+y)
Sonli o’zgaruvchilar uchun “+” belgisi matematik amal sifatida ta’sir qiladi:
x = 5 y = 10 print (x+y) Satr o’zgaruvchini sonli o’zgaruvchiga qo’shmoqchi bo’lsak Python xato yuz berganini ma’lum qiladi:
x = 5 y = "besh" print (x+y)
Global o’zgaruvchilar
Funksiyadan tashqarida hosil qilingan o’zgaruvchilar global o’zgaruvchilar hisoblanadi. Global o’zgaruvchilar kodning istalgan qismida (funksiya ichida ham, tashqarisida ham) ishlatilishi mumkin. Quyidagi kodda funksiya tashqarisida o’zgaruvchi hosil qilamiz va uni funksiya ichida ishlatamiz:
x = "qiziq"
def funksiya(): print("Dasturlash juda "+ x)
funksiya()
Funksiya ichida hosil qilingan o’zgaruvchi lokal o’zgaruvchi deyiladi. Agar lokal va global o’zgaruvchilarni nomlari bir xil bo’lsa , funksiya ichida lokal o’zgaruvchining qiymati funksiya tashqarisida esa global o’zgaruvchining qiymati olinadi:
x = "shirin"
def funksiya(): x = "foydali" print("Olma "+ x)
funksiya() print ("Olma "+ x)
Global kalit so’zi
Oddiy holatda funksiya ichida hosil qillingan o’zgaruvchi lokal o’zgaruvchi hisoblanadi. Ammo funksiya ichida ham global o’zgaruvchi hosil qilish mumkin. Buning uchun global kalit so’zi ishlatiladi.