O’zgaruvchilarni qaysi turda ekanligni e’lon qilish shart emas. Buni Python avtomatik tarzda aniqlaydi. O’zgaruvchilarning turlarini kodning istalgan qismida o’zgartirish ham mumkin.
x = "Dastur"# x-satr x = 5# x endi butun sonprint(x) Satrli o’zgaruvchilar qo’shtirnoq yoki bittalik tirnoqlar ichiga yozilish bilan e’lon qilinishi mumin:
x = "Dastur" # ikkala o'zgaruvchi ham bir xil y = 'Dastur'
O’zgaruvchi nomi faqat harflar, raqamlar va tag chiziqdan iborat bo’lishi mumkin;
O’zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarni farqlaydi (ism, iSm, ISM – bular 3 xil o’zgaruvchilar);
O’zgaruvchi nomi orasida bo’shliq (probel) bo’lmasligi kerak;
# To'g'ri nomlangan o'zgaruvchilar: myvar = "Python" my_var = "Python" _myvar = "Python" myVar = "Python" MYVAR = "Python" myvar2 = "Python" # Noto'g'ri nomlangan o'zgaruvchilar: 2myvar = "Python" my-var = "Python" my var = "Python"
Bir nechta o’zgaruvchiga qiymat o’zlashtirish
Pythonda bir nechta o’zgaruvchiga qiymatlarni bir qatorning o’zida o’zlashtirish mumkin:
x, y, z = "Olma", "Banan", "Nok" print(x) print(y) print(z) Va aksincha, bir qiymatni bir nechta o’zgaruvchiga o’zlashtirish ham mumkin: