Yangi elementni, ya’ni kalit-qiymat juftligini qo’shish quyidagicha amalga oshiriladi. Masalan, biz mashinamizning rangi haqida ma’lumot beruvchi element qo’shamiz:
Dictionary to’plamidan elementni o’chirishning turli xil yo’llari mavjud. Barchasini birma-bir ko’rib chiqamiz:
Birinchi usul – pop()funksiyasi yoki del kalit so’zi. Ikkalasi ham ko’rsatilgan kalit bo’ycicha elementni o’chiradi. Hozir ularni qanday ishlatishni ko’ramiz:
Keyingi usul – popitem() funksiyasi to’plamga oxirgi bo’lib kiritilgan elementni o’chiradi (Python 3.7 dan oldingi versiyalarda bu funksiya ixtiyoriy biror elementni o’chiradi).
Oxirgi usul – esa clear() funksiyasi. Bu funksiya to’plamni bo’shatadi, ya’ni barcha elementlarini o’chiradi. Natijada to’plam bo’m-bo’sh holatga keladi.
del kalit so’zi bilan to’plamning o’zini butkul o’chirish ham mumkin. Bilamizki, to’plam nomi bilan undagi biror kalitni ko’rsatsak, del o’sha kalit bo’yicha elementni o’chiradi. Ammo endi faqat to’plam nomini kiritsak, bu kalit so’zi butun to’plamni o’chiradi.
Quyidagi kodimizda dastlab, to’plamni bo’shatamiz, so’ngra uni butkul o’chiramiz: