Pythonda, boshqa dasturlash tillaridagi kabi o‟zgaruvchilar aniq bir turdagi berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Pythonda o‟zgaruvchilar alfavit belgilari yoki tag chizig‟i belgisi bilan boshlanishi va tarkibi son, alfavit belgilari, tag chizig‟i belgilaridan iborat bo‟lishi, ya`ni bir so‟z bilan aytganda identifikator bo‟lishi kerak. Bundan tashqari o‟zgaruvchi nomi Pythonda ishlatiladigan kalit so‟zlar nomi bilan mos tushmasligi shart. Masalan, o‟zgaruvchi nomi and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, False, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, while, with, yield kabi kalit so‟zlar nomi bilan mos tushishi mumkin emas.
Masalan, o‟zgaruvchini aniqlash (hosil qilish) quyidagicha amalga oshiriladi:
1
2
a = 14
name = ‘SDY’
Yuqorida a va name o‟zgaruvchilari yaratildi va ularga qiymat berildi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Pythonda o‟zgaruvchini dastlab e`lon qilish degan tushuncha mavjud emas (masalan: c++ tilida int a kabi o‟zgaruvchi e`lon qilinadi), balki o‟zgaruvchi kiritiladi va unga qiymat beriladi (masalan: a=14). Berilgan
qiymatga ko‟ra interpretator o‟zgaruvchining turini aniqlaydi. Pythonda o‟zgaruvchilarni nomlashning ikki turi: “camel case” va “underscore notation” turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.
“camel case” turida o‟zgaruvchiga nom berilganda, agar o‟zgaruvchi nomi alohida so‟zlar birikmasidan tashkil topgan bo‟lsa, ikkinchi so‟zdan boshlab har bir so‟zning birinchi harfi katta harfda (katta registr) bo‟lishi talab qilinadi. Masalan:
1
firstName = ‘Saidov’
“underscore notation” turida esa so‟zlar orasiga tag chizig‟i “_” belgisi qo‟yiladi. Masalan:
1
first_name = ‘Saidov’
O‟zgaruvchilar biror bir turdagi berilganlarni saqlaydi. Pythonda bir necha xildagi berilganlar turlari mavjud bo‟lib, ular odatda to‟rtta guruhga ajratiladi: sonlar, ketma-ketliklar, lug‟atlar va to‟plamlar: