bool(boolean) – True va False mantiqiy qiymatlar uchun;
int–butun sonlar uchun, butun turdagi songa kompyuter xotirasida 4 bayt joy ajratiladi;
float–suzuvchan nuqtali sonlar (haqiqiy sonlar) uchun, haqiqiy sonlarni saqlash uchun kompyuter xotirasidan 8 bayt joy ajratiladi;
complex– kompleks sonlar uchun;
str– satrlar uchun, Python 3.x versiyasidan boshlab satrlar bu- Unicode kodirovkasidagi belgilar ketma-ketligini ifodalaydi;
bytes– 0-255 diapazondagi sonlar ketma ketligi uchun
bytearray– baytlar massivi uchun;
list– ro‟yхatlar uchun;
tuple– kortejlar uchun;
set– tartiblanmagan unikal ob`ektlar kollektsiyasi uchun;
frozenset– set singari, faqat u o‟zgartirilishi mumkin emas (immutable);
dict– lug‟atlar uchun. Har bir element kalit so‟z va qiymat juftligi ko‟rinishida ifodalaniladi.
Python –dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Yuqorida aytib o‟tilganidek, Pythonda o‟zgaruvchi turi unga yuklangan qiymat orqali aniqlanadi. Agarda o‟zgaruvchiga bittalik („,‟) yoki ikkitalik (“,”) qo‟shtirnoq yordamida satr yuklansa, o‟zgaruvchi str turiga ega bo‟ladi, agarda o‟zgaruvchiga butun son yuklansa – int, haqiqiy son yuklansa (masalan: 3.14) yoki eksponentsial ko‟rinishdagi qiymat yuklansa (masalan: 11e-1) u float turiga ega bo‟ladi. Masalan:
1
2
3
4
5
6
user_id = 234 #int x = 1.2e2 #=1200.0float y = 6.7e-3 #=0.0067float z = 1.223 # float user_password = ‘sdy123’#str b = True#bool
Pythonda haqiqiy (float) turidagi o‟zgaruvchilar [-10308 , +10308] oraliqdagi sonlar bilan hisoblash ishlarini amalga oshirsa bo‟ladi, lekin faqat 18 ta raqamlar ketma-ketligi ko‟rinadi (konsol ekraniga chiqarilganda). Ixtiyoriy katta yoki kichik sonlarni o‟zgaruvchidagi ifodasi 18 ta belgidan oshib ketsa, u holda eksponentsial orqali yaxlitlab ifodalanadi.
Shuni ham ta`kidlash kerakki, Pythonda o‟zgaruvchiga yangi qiymat berish orqali uning turi o‟zgartirilishi mumkin. Masalan:
1
2
3
4
age =17 #int print(age)
age = ‘o`netti’#str print(age)
Ushbu dasturda dastlab age =17 ifodasi orqali age o‟zgaruvchisi int turiga ega edi. Keyingi age = ‘o`n etti’ifoda bilan uning turi str turiga o‟zgartirildi. Bundan keyingi jarayonlarda ageo‟zgaruvchisi eng ohirgi yuklangan qiymat turiga mos bo‟ladi.
O‟zgaruvchilarning turini aniqlashda type() – funksiyasidan foydalaniladi.
Masalan:
1
2
3
age =17 print(type(age))
age = ‘o`n etti’ print(type(age))