Registrga sezuvchanlik. Python – registrga sezuvchan til hisoblanadi. Shuning uchun print, Print yoki PRINT ifodalar turli ifodalarni anglatadi. Agarda printberilganlarni chiqarish ifodasi o‟rniga Printishlatilsa xatolik yuz berganligini ifodalovchi “ name „Print‟isnot defined” shaklidagi xabar chiqadi.
Kommentariyalar (Izohlar). Pythonda u yoki bu dastur kodlari qismlari nima ish qilishini qayd qilib ketish uchun izohlardan foydalaniladi. Interpretator dasturni baytkodga tarjima qilayotganda yoki bajarayotganda izohlarni e`tiborsiz qoldiradi. Shuning uchun izohga olingan berilganlar dastur ishlashiga hech qanday ta`sir ko‟rsatmaydi.
Python dasturlash tilida izoh qo‟yish uchun “#” belgisidan foydalaniladi. Odatda izohlar blokli va satrli izohlarga ajratiladi. Lekin har ikkalasi ham “#” belgisi orqali hosil qilinadi. Farqi satr izohlar dastur kodi yozilgan qatorda koddan keyin yoziladi va u shu satr nima ish bajarishi to‟g‟risidagi ma`lumotlardan tashkil topadi, ya`ni:
1
print(‘Shartbajarildi’) #xabarnikonsolgachiqarish
Blokli izohlar esa dasturning biror qismi nima ish bajarishi yoki shu qism mazmunini foydalanuvchiga qisqacha ochib berish uchun ishlatilib, dasturni shu qismi kodlaridan oldin alohida satr yoki satrlarda “#” va bitta probel bilan yoziladi, masalan: