Python dasturlash tili haqida



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə19/32
tarix19.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#157401
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
python dasturlash tili qoʻllanma

S.isalnum()-Satr harf yoki raqamlardan iboratligini tekshiradi
S.islower()-Satr quyi registrdagi belgilardan iboratligini tekshiradi



S.isupper()-Satr yuqori registrdagi belgilardan iboratligini tekshiradi



S.isspace()-Satrda ko`rinmaydidan belgilar borligini tekshirish (probel, sahifani o`tkazish belgisi(‘\p’), yangi satrga o`tish(‘\n’), koretkani qaytarish(‘\r’), gorizontal tabulyatsiya(‘\t’) va vertikal tabulyatsiya)



S.istitle()-Satrda so`zlar bosh harf bilan boshlanishini tekshirish



S.upper()-Satrni yuqori registrga o`zgartirish



S.lower()-Satrni quyi registrga o`zgartirish



S.starswith(str)- S satr str shablonidan boshlanishini tekshirish
S.endswith(str)- S satr str shabloni bilan tugashini tekshirish
S.join(ro`yxat)- S ajratuvchiga ega ro`yxatdan qatorni yig`ish
Ord(belgi)- Belgiga mos ASCII kodni qaytaradi



Chr(son)- ASCII kodga mos belgini qaytaradi



S.capitalize()-Satrning birinchi belgisi yuqori registrda qolganlarini quyi registrga o`tkazadi.



S.center(width,[fill])- Chegaralari bo`yicha fill (jimlik holatida probel) belgisi turuvchi markazlashtirilgan satrni qaytaradi.
S.expandtabs(tabsize)- Joriy ustungacha bir yoki bir qancha probellar bilan tabulyatsiyaning hamma belgilari almashtirilgan satr nusxasini qaytaradi. Agarda TabSize ko`rsatilmagan bo`lsa tabulyatsiya hajmi 8 probelga teng bo`ladi
S.lstrip([chars])- Satr boshidagi probel belgilarini olib tashlash
S.rstrip([chars])- Satr oxiridan probel belgilarini olib tashlash
S.strip([chars]) Satr boshidan va oxiridan probel belgilarini olib tashlash
S.partition(shablon)- Birinchi shablon oldida turuvchi qismni keyin shablonni o`zini va shablondan keyin turuvchi qismga ega kortejni qaytaradi. Agarda shablon topilmasa satrga ega bo`lgan kortejni qaytaradi, avval ikki bo`sh satr keyin satrni o`zini.
S.rpartition(sep)- Oxirgi shablon oldida turuvchi qismni keyin shablonni o`zini va shablondan keyin turuvchi qismni qaytaradi. Kortej qator o`zidan va undan keyin ikkita bo`sh qatordan iborat bo`ladi.
S.swapcase()-Quyi registrdagi belgilarni yuqori registrga, yuqorilarni esa quyiga o`tkazadi



S.title()-Har bitta so`zning birinchi harfini yuqori registrga qolganlarini esa quyi registrga o`tkazadi



S.zfill(width)- Qator uzunligini Widthdan kam qilmaydi agar kerak bo`lsa birinchi belgilarni nollar bilan to`ldiradi.





Xulosa.
Birinchi bobimiz “Python dasturlash tili va uning sintaksisi” deb nomlanadi. Bunda Python dasturlash tilining yaratilish tarixi, imkoniyatlari va Python dasturlash tilini Windows operatsion tizimida o`rnatish haqida yozilgan. Python dasturida ishlaydigan foydalanuvchilar uchun uning sintaksisi, asosiy operatorlari, fayllar, funksiyalar bilan ishlash sanoq sistemalari va satrlar bilan ishlash haqida muhim zaruriy ma’lumotlar keltirilgan.
Bu bobni o`qib, o`rgangan har bir qiziquvchi Python dasturini o`rnatish boshqa odatiy dasturlarni o`rnatish kabi hech qanday qiyinchiliksiz o`rnatilishini, tilning sintaksisi o`zi kabi sodda va oson ekanligini, o`zgaruvchilarning tipini e’lon qilinmasligini, shuningdek sonlar bilan ishlaganda nafaqat butun va haqiqiy sonlar ustida balki kompleks sonlar ustida ham amallar bajarishni ko`rsatilgan misollar yordamida o`rgana oladi va uni amaliyotda bajara oladi.
Satrlar bilan ishlash va ular ustida amallar bajarish haqida ham yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin