1.4.Satrlar bilan ishlash Satrlar – bu belgilar ketma-ketligi. Ko'p hollarda satrlar so'zlar jamlanmasidan tashkil topadi. Pythonda satrlar bilan ishlash juda qulay. Bir qancha satr literallari mavjud. Ularni ko`rib chiqamiz
Apostrof va qo`shtirnoqdagi satrlar
Apostrof va qo`shtirnoqdagi satrlar bir narsa. Uni ikki xil variantda keltirilishiga sabab literallarga apostrof va qo`shtirnoq belgilarini maxsus xizmatchi belgilardan foydalanmasdan kiritish mumkinligi deb hisoblanadi.
Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari-xizmatchi belgilar Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari- klaviatura yodamida kiritish murakkab bo`lgan belgilarni yozishga imkon beradi.
Xizmatchi belgilar
Vazifasi
\n
Keyingi qatorga o`tish
\a
Qo`ng`iroq
\f
Keyingi betga o`tish
\r
Koretkani qaytarish
\t
Gorizontal tabulatsiya
\v
Vertical tabulatsiya
\N{id}
Unicode ma’lumotlar bazasining ID identifikatori
\uhhhh
Unicode ning 16 lik ko`rinishidagi 16 bitli belgisi
\Uhhhh. . .
Unicode ning 32 lik ko`rinishidagi 32 bitli belgisi
\xhh
Belgining 16 lik kodi
\ooo
Belgining 8 lik kodi
\0
Null belgisi (satr oxiri belgisi emas)
1.4.1-chizma. Ekran bilan ishlash ketma-ketliklari.
Ko`p qatorli satrlar Pythonda satrlarni apostrof(‘) va qo`shtirnoqdan foydalanib hosil qilish mumkin. Apostrof (bir tirnoq(')) yoki qo'sh tirnoqni(") 3marta takrorlash orqali esa ko'p qatorlik satrlarni xosil qilish mumkin. Milsol uchun:
Satr konstantalarini birlashtirish uchun ularni yonma-yon joylashtirishning o'zi kifoya. Python avtomat ularni birlashtiradi. Misol uchun: "Ismingiz" "kim?" avtomat "Ismingiz kim?" ga aylanadi.
Eslatma: Bir tirnoq va qo'sh tirnoqdagi satrlar bir-biridan hech ham farq qilmaydi.
Satrlarning funksiya va metodlari Shunday qilib satrlar bilan ishlash haqida gapirdik, endi satrlarning funksiyalari va metodlari haqida gapiramiz. Quyida satrlarning barcha funksiya va metodlari keltirilgan.