Q. D. P. I tarix fakulteti tarix yo’nalishi 3- “c”guruhi talabasi Usmonov Feruzbekning “Mustaqil O’zbekiston tarixi ”fanidan tayyorlagan keys -stadysi



Yüklə 152,25 Kb.
səhifə2/8
tarix13.06.2023
ölçüsü152,25 Kb.
#129228
1   2   3   4   5   6   7   8
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT

Davomi…

  • Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib kolishdi. Turli safsatalar, xatti-harakatlar, "g‘oyaviy" kurashlar, "xonaki" va ajnabiy siyosatdonlar ko‘payib ketdi. Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to‘knashuvlar va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng makbul yo‘lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan xolda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma’naviy-ruhiy chanqoqligini kondira oladigan etuk va barkamol g‘oyani yaratish zarur edi.

Davomi…

  • Masalaning yana boshqa bir tomoni ham bor edi. Bu bevosita uzoq yillar mobaynida hukmron bo‘lgan g‘oya va aqidalardan xalos bo‘lish, uning bir yoqlama, xavoyi, balandparvoz da’vatlaridan voz kechish kabi og‘ir, vaqt talab etadigan jarayon bilan bog‘liq. Endi tafakkur tarzi va qarashlarni tubdan o‘zgartirish uchun eng avalo, o‘sha davrning bosh mafkurachisi -- sobiq kommunistik partiya g‘oyalaridan voz kechish, qolaversa, butunlay yangi, zamon talablari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarmazmun-mohiyatidan kelib chikadigan mafkurani ishgasolish lozim edi. Ana shu xulosalardan kelibchiqib, I.A.Karimov 1991-yil 14-sentabrda shunday fikrni bayon qildi; "Biz madaniy inqilobning g‘alabasi haqida gapirmokdamiz. Madaniyat va san’at esa hozir og‘ir tanglikka duchor bo‘lgan. Bu mafkuraviy zulmning oqibatidir. Partiya shu yillar mobaynida "sotsializmning asoslarini bunyod etish, “keng ko‘lamda kommunizm”, “rivojlangan sotsializm” qurish bilan mashg‘ul bo‘lib ketaverdi. Har xil "izm"lar, orzu-xavaslar, maqsadlar haqida gapirar ekanmiz, nihoyat shuni uqib olishimiz kerakki, bu yorug‘ dunyoda insonning hayotidan ko‘ra qadrli boshqa xech narsa yo‘q". Prezident o‘z fikrini davom ettirib "Kommunistik partiya bosib o‘tgan yo‘lni taxlil etish va unga baho bcrishdan maqsadimiz shuki, har bir kishi endi nihoyat ko‘zni katta ochib, turmushga razm solsin. Mafkuraviy aqidalardan voz kechsin, haqiqatga ro‘yirost karasin", degan edi.
  • Ochig‘ini aytish kerak, mazkur muhim masalani to Prezidentning o‘zi dolzarb vazifa qilib ko‘tarmaguncha xech kim bu haqda jiddiy qayg‘urmadi. Bu o‘rinda 1992-yil 2-iyulda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘ninchi sessiyasi hujjatlarini alohida ta’kidlash lozim. Unda Prezident respublika hukumati o‘tkazayotgan ichki va tashki siyosatning asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol haqida axborot berdi. Ma’ruzada Prezident bozor munosabatlariga o‘tishda miikarrar tarzda hisobga olinadigan ijtimoiy ong, ijtimoiy ruhiyat masalasiga katta e’tibor berdi. 

Yüklə 152,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin