Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi
Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy kismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. SHu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta’kidlash lozim.
Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba’zi nomakbul yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatib o‘tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O‘zkompartiyaning se’zdi bo‘ldi. Se’zdda "din millatchilik va shovinizmga har doim yo‘l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyotga to‘skinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi. kommunistik ma’naviyatning qaror topishiga to‘skinlik qilishini har doitn esda tutmok kerak" - deb ko‘rsatma berildi. Bunday yo‘l-yo‘riq 1986-yil oktabr oyida bo‘lgan partiya Markaziy Komitetining Plenumida yana bir bor ta’kidlandi.
Milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash, o‘zligimizni anglash eski imperiya tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan bir sharoitda yuz berdi. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi ularning hozirgi dunyo va axborot sivilizatsiyasi qadriyatlariga mos ekanligiga e’tibor qaratib, Prezidentimiz hozirgi sivilizatsiya qadriyatlari jumlasiga huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni bilan bog‘liq inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, so‘z erkinligi, matbuot erkinligi kabi qadriyatlarni ham kiritadi.1
Xalq ma’naviyati turmush tarzi va tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Sovetlar hokimiyati yillarida qatag‘on siyosatining sifatida ma’naviyatda salbiy hodisalar ro‘y bera boshladi. Ayniqsa 1980-yillar oxirida o‘zbek xalqi o‘zining ma’naviy-madaniy o‘zagidan uzilib qola boshladi.
1 O’zbekiston 21 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. T., “O’zbekiston”, 1997, 147-bet.
Navro’z bayramining tiklanishi
Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan Islom Karimov milliy madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinlashuvi va o‘zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an’analari va bayramlarini tiklashga katta e’tibor qaratdi. O‘zbekistonda Prezident tashabbusi bilan “Navro‘z” bayramini umumxalq shodiyonasiga aylantirish borasida bir qator tadbirlar ko‘rildi. Xususan, 1991 yil 21 mart Prezident Farmoniga ko‘ra, umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.
"Navro‘zning bayram qilinishi teran xalq an’analari, erga va tabiatga extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, dexkon mehnatini hurmat qilish, yaxshi qo‘shnichilikka, mehr-muruvatga va boshqalarning dardiga malham bo‘lishga intilishlari tiklanishning qudratli omili bolmokda. Navro‘z xalq bayramining insoniy va baynalmilal mohiyati ham ana shundadir", -deyiladi O‘zbekiston Prezidentining "Navro‘z xalq bayramini o‘tkazish yakunlari to‘g‘risida"gi Farmonida.
O’zbekistonning yangi tarixi, 3-kitob. O’zbekiston. – T.: “SHarq”, 235 -bet