Q o‘llanilishi Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit,



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#167437
1   2   3   4   5   6   7
DORI

SEDAVIT


Preparatning farmakologik samaradorligi uning komponentlarining yig`indisiga bog`liq, shuning uchun kinetik tadqiqotlarni o`tkazishning imkoniyati yo`q, chunki barcha komponentlarni bir vaqtda markerlar yoki biologik tadqiqotlar yordamida kuzatish mumkin emas
Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Ta’sirchanlik, xavotirlik, qo`rquv, charchoqlik, parishonlik, xotirani buzilishi, ruxiy holdan toyish bilan kechuvchi doimiy ruxiy zo`riqish (menedjer sindromi); gipertenziv va kardial tipidagi neyrotsirkulyator distoniya; astenik sindrom (giperstenik shakli); arterial gipertenziya I bosqichi; uyqusizlik (yengil shakllari); qichishuvchi dermatozlar (ekzema, eshakemi); asabni zo`riqishi bilan bog`liq bo`lgan bosh og`riqlari; migrenь; klimakterik sindromida va dismenoreyaning yengil shakllarida simptomatik vositasi sifatida; shuningdek qalqonsimon bezi kasalliklarida va qandli diabetda (dekompensatsiyalangan qandli diabetdan tashqari) paydo bo`luvchi simptomlarni davolash uchun qo`llanadi.
Farmakodinamikasi
Preparatning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining xususiyatlariga bog`liq. Dorivor o`simliklar ekstraktlarining biologik faol moddalari nerv tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi va asosan sedativ, anksiolitik samaralarga ega bo`lib, qo`rquv, ruxiy zo`riqish holatlarini bartaraf qiladi.


R ESPONGIL
Farmakodinamikasi:
Antipsixotik vosita (neyroleptik), benzizoksazol hosilasi. Shuningdek sedativ, qusishga qarshi va gipotermik ta’sir ko`rsatadi. Selektiv monoaminergik antagonisti serotonergik 5-NT2 va dofaminergik D2-retseptorlarga nisbatan yuqori oziquvchanlikka ega. Shuningdek N1-gistaminergik va alьfa2-adrenergik retseptorlari bilan bir necha kamroq affinlikda alьfa1-adrenoretseptorlar bilan bog`lanadi. Xolinoretseptorlarga nisbatan oziquvchanlikka ega emas. Antipsixotik ta’siri mezolimbik va mezokortikal tizimlarning dofamin D2-retseptorlarini blokadasi bilan bog`liq. Sedativ ta’siri bosh miya ustunining retikulyar formatsiyasi adrenoretseptorlarini blokasi bilan bog`liq; qusishga qarshi ta’siri – qusish markazi trigger zonasining dofamin D2-retseptorlarini blokasi bilan bog`liq; gipotermik ta’siri – gipotalamusning dofamin retseptorlarini blokasi bilan bog`liq.
Produktiv simptomatika (bosinqirash, gallyutsinatsiyalar, jizzakilik), avtomazimni bostiradi. Kamroq darajada motor faollikni bostirishni chaqiradi va kamroq darajada klassik antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar) ga qaraganda katalepsiyani susaytiradi. Serotonin va dofaminga nisbatan muvozanatlashgan markaziy antagonizmi ekstrapiramid nojo`ya ta’sirlarga nisbatan moyillikni kamaytirishi va shizofreniyaning negativ va affektiv simptomlari qamrab preparatning terapevtik ta’sirini kengaytirishi mumkin.
Plazmadagi prolaktinning kontsentratsiyasini oshishi preparatning dozasiga bog`liqlikni kamaytirishi mumkin.
Qo'llanilishi
— shizofreniya (o`tkir va surunkali) va produktiv va/yoki negativ simptomatika bilan bo`lgan boshqa psixotik holatlar;
— turli xil ruhiy kasalliklarda affektiv buzilishlar;
— jizzakilik simptomlari (qattiq g`azablanish, jismoniy zo`rlash) paydo bo`lganda, ruhiy faoliyatni buzilishlari (qo`zg`alish, bosinqirash) yoki psixotik simptomlar bo`lganida dementsiyasi bo`lgan patsiyentlarda xulq-atvorni buzilishlari;
— bipolyar buzilishlarda maniyani davolashda yordamchi davolash sifatida;
— intellektual darajasi pasaygan yoki aqliy rivojlanishdan orqada qolgan katta yoshdagi patsiyentlard va 15 yoshdagi o`smirlarda, agar destruktiv xulq-atvor (tajovuskorlik, impulьsivlik, autoagressiya) kasallikning klinik manzarasida asosiy hisoblangan holatlarda xulq-atvor buzilishlarini yordamchi davolash sifatida qo`llanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin