GORCHICHNIKLAR Gorchichniklar — bu gorchitsa (xantal) kukuni surilgan va qurutilgan qalin qog`ozdir. Foydalanishdan oldin qog`ozni iliq suvda namlab, so`ng kerakli joyga yopishtirish kerak: shamollash paytida belga yoki ko`krak o`rtasiga, jarohatlangan mushak ustidagi teriga, yuqori bosimda – bosh orqasiga va boldirga.
Bir oz vaqt o`tgach, gorchichnikning ostidagi joy qizishni, so`ng terini yondirishni boshlaydi, natijada teri qizaradi va isib ketadi. Bu gorchitsaning namlash va isitish natijasida ishlab chiqarilgan efir moylarining ta’sir qilishni boshlaydi. Ular mahalliy qo`zg`atadigan ta’sir ko`rsatadi: qo`llanilgan joyga qon oqimini keltiradi, teri va pastda joylashgan a’zolarning (o`pka, bronxlar, traxeya, mushaklar) tomirlarini kengaytiradi. Qon aylanishining bunday kuchaytirilishi inson tezroq sog`ayib ketishini ta’minlaydi.
Aslida, gorchichniklar o`pka yoki traxeyada qon aylanishini kuchaytirish qobiliyatiga ega emas: bu a’zolar juda chuqur joylashgan, ular bilan gorchichniklar orasida teri, to`qima, mushaklar qatlami mavjud. Biroq shamollashda gorchichniklar davolash vazifasini bajaradilar, inson ahvolining yaxshilanishini kutadi, kasallik sababli havotir darajasi pasayadi. Teri qizishi va og`riq reflekt asosda nafas tezlashishini keltiradi, bu ham sog`ayish jarayonini yengillashtiradi.
Q on, gorchichniklar ostidagi tomirlarga quyilarkan, ularni kengaytiradi, isitadi va mushaklarni bo`shashtiradi — bunday qilib, ular bosh va mushak og`riqlarida yordam beradi.
Gorchichniklardan foydalanish yoki foydalanmaslik — har bir kishining shaxsiy ishi. Eng muhimi, ehtiyotkorlik bilan ish tutish:
✔ Yuqori haroratda qo`llanmaslik.
✔ 3 yoshgacha bo`lgan bolalarga nisbatan qo`llanmaslik.
✔ Teri ustida har qanday shikastlanishlar mavjud bo`lsa foydalanmaslik.
✔ Qizish borasida shikoyat tushgan mahal olib tashlash.
✔ Teri qizarishiga yo`l qo`ymaslik: bu samaradorlik emas, balki kuyish belgisidir.
✔ Gorchitsa — kuchli allergen ekanligini esda saqlashю