GLOSSARIY
A g ra r islohotlar - Yerga egalik qilish, xo'jalik yuritish usullarini o'zgartirish,
yerni turli mulk obyektiga aylantirish, qishloq fermerlashtirish, tomorqa xo'jaligini
kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish chora-tadbirlari o'tkaziladi.
«A utoC A D » - yer uchastkalariga b o ig a n huquqlarni ro'yxatga olishda
foydalanilgan kompyuter dasturi
B ozor iqtisodiyoti - tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka
ham da iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi
dem okratik iqtisodiyot.
B ozor iqtisodiyoti m odellari - bozor iqtisodiyotining
turlari.
Bozor
iqtisodiyot modellarining iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan aralash
iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo ‘jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari mavjud.
B ozor iqtisodiyotiga o ‘tish - an’anaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi
iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga o ‘tish jarayoni.
B ozor
k o n y u k tu rasi
-
muayyan
davrdagi
bozor
holati;
bozorda
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan harakterlanadi.
B ozor m uvozonati - bozordagi talab va taklifhing miqdoran va tarkib
jixatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozonati bir laxzalik (o'zgarmas
taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning o ‘zgarmas miqdori va ishlab
chiqarish xajmining o'zgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shart-sharoit tashkilot,
firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) bo'lishi
mumkin.
Bozor - Sotuvchilar bilan xaridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste’molni o ‘zaro bog'lovchi mexanizm.
B ozor in fratuzilm asi - bozorda tovarlar xizmatlaming erkin harakatini
ta ’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
B ozor isloxoti - davlatning bozor iqtisodiyotiga o'tishini ta ’minlashga
qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy chora tadbirlari tizimi, iqtisodiy isloxotlarning tarkibiy
qismi.
143
D avlat y e r k a d a stri - yerlarning tabiiy, x o ‘jalik, huquqiy rejim i, toifalari, sifat
xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o ‘rni va o'lcham lari, ularning yer
egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar va m ulkdorlar o'rtasidagi
taqsim oti to ‘g ‘risidagi zaruriy ham da aniq m a’Iumotlar va hujjatlar tizimi;
Y er u ch a stk a si - qayd etilgan chegaraga, huquqiy rejim ga va boshqa
tavsiflarga ega bo'lgan davlat yer kadastri xujjatlarida aks ettirilgan muayyan
qismidir.
Y er u c h a stk a la rig a b o 'lg an d a v la t r o ‘yx at (re e str) h u q u q i - yer
uchastkalariga bo'lgan huquqning davlat ro'yxatiga olish xujjatlar tizim i b o'lib, unga
ko'chm as mulkka tegishli bo'lgan huquq, ham da yer uchastkalarining ta ’riflari va
boshqa yuridik m a’Iumotlar kiradi.
Y er u c h a stk a la ri bilan o p era tsiy a qilish - uchastkaga b o'lgan huquqni
o'rnatish, o'zgartirish, boshqaga berish, cheklash va tugatish hisoblanadi.
Y er u ch a stk a sin i ija ra g a olish - yer uchastkasidan ijara shartnomasining
shartlari bo'yicha vaqtincha haq evaziga foydalanish;
Y er u ch a stk a sin i ija ra g a beru v ch i - yer uchastkasini belgilangan tartibda
ijaraga bergan yuridik yoki jism oniy shaxs;
Y er u c h a stk a sin in g egasi - yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish va
uy-joyni
obodonlashtirish
ham da
dehqon
xo'jaligini,
shuningdek
jam oa
bog'dorchiligi va uzum chiligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilish huquqida foydalanuvchi fuqaro;
Y er uchastk asig a b o ‘lgan h u q u q la rn i d av lat r o ‘y x a tid a n o 'lk az ish -
yuridik va jism oniy shaxslarning yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarining vujudga
kelishi, boshqa shaxsga o'tishi, bekor qilinishining davlat tom onidan e ’tirof qilinishi
va tasdiqlanishi yuridik akti;
Y er u ch a stk la rig a y u rid ik va jism oniy sh a x slarn in g m u lk h u q u q i - savdo
va xizmat ko'rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga
xususiylashtirilganda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda, chet el diplomatiya
vakolatxona yer uchastkalarini sotganda vujudga keladi,
144
Y er uchastk asig a garov h u q u q i - majburiyatni bajarish (taminlash) usuli
bo ‘lib, o'rnatilgan tartib qonuni asosida, yer uchastkasiga b o ig a n huquq boshqa
shaxsga o ‘tadi.
Y e rla rn in g hosildan qolishi - yerlar xususiyatlarining tabiiy va antropogen
ta ’sirlar natijasida yomonlashuvi;
Y e rla rn in g ifloslanishi - tuproqlarda tarkibida kimyoviy birikmalar,
radioaktiv elementlarning atrofdagi tabiiy muhitga, tuproq unumdorligiga va inson
so g lig ig a zararli ta ’sir ko'rsatadigan miqdorlarda mavjudligi.
Y er u ch a stk a si garovi (ipotekasi) - yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan
yer uchastkasini yoki unga b o ‘lgan huquqni majburiyatni ta ’minlash sharti bilan
boshqa shaxsga o'tkazilishi;
Y er nizosi - yer munosabatlari sub’ektlari o ‘rtasidagi, xususan yer uchastkasi
yoki uning bir qismining qaysidir shaxsga mansubligi, shuningdek servitutning
belgilanishi v a yer uchastkasiga b o ig a n huquqlarning cheklanishi borasidagi nizolar;
Y er u ch a stk a si - yer sirtining qayd etilgan berk chegaraga, maydonga,
joylashish m anziliga, huquqiy rejim ga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan
boshqa xususiyatlariga ega b o ‘lgan qismi;
Y er fondi - yer sirtining, xususan suv obyektlari tubining 0 ‘zbekiston
Respublikasining davlat chegarasi, Q oraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar,
tum anlar, shaharlam ing m a’m uriy chegaralari ichidajoylashgan qismi;
Y e r tuzish - yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga,
yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga
keltirishga va tabiiy landshaftlami yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki
xo'jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimi;
Y e rla rn in g to ifalari - yer fondining yer uchastkalari ularning asosiy maqsad
vazifalari bo'yicha kiritilgan qismlari;
Y e r m onitoringi - yer tarkibidagi o'zgarishlam i o ‘z vaqtida aniqlash, yerlarga
baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer
fondining holatini kuzatib turish tizimi;
145
Y er u c h a stk a si bilan bo g ‘liq b itim la r - jism oniy va yuridik shaxslarning yer
uchastkalariga bo'lgan huquqlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga
qaratilgan harakatlari;
K o 'c h m a s m u lk - yer uchastkasidagi ustki va uning ostidagilar, k o ‘p yillik
ekinlar, daraxtzorlar, ham da bino va inshootlar (O 'zbekiston Respublikasi grajdanlik
kodeksining 83 bandi).
H u q u q n i guvohlovchi x u jja t - Yer uchastkasiga bo'lgan huquqni guvohlovchi
xujjat bo'lib, bu yer uchastkasidan foydalanish, meros qilib qoldiriladigan, umrbod
foydalanish, yer uchastkasiga mulk huquqi beruvchi guvohnoma (davlat orderi), oldi-
sotdi shartnomasi, hadya etish, meros
qilib qoldirish, ijara haqidagi shartnoma,
servitut, sud qarori yoki saqlash haqida xujjat yoxud boshqa xujjatlar bo'lishi
mumkin.
S e rv itu t - qo'shni bo'lgan yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish
huquqi.
Yer uchastkasini saqlash shartlari uning huquqiy m aqomiga kiritilib, u davlat
ro'yxatidan o'tqazilishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga o'tganida saqlab
qolinadi.
M ulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik m unosabatlar o'zgartirilib, davlat mulki
monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jam oa, xissadorlik
mulki va xususiy mulk rivojlanadi;
Ijtim o iy b o zo r xo‘jaligi m odeli - yuksak texnologiyaga va inson om ilining
kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umaman, bozom ing to 'k in bo'lishini
ta ’minlaydi.
T u p ro q sifatini n o rm a la sh tirish - tuproqlar unumdorligi, yerlarning
ifloslanishi va buzilishi sohasida norm alam i belgilash
S u g 'o rila d ig a n y e rla r - yerlarni sug'orish uchun yetarli miqdordagi suv
resurslariga ega sug'orish manbai bilan bog'langan doimiy yoki vaqtinchalik
sug'orish tarm og'i mavjud bo'lgan qishloq xo'jaligi va boshqa m aqsadlarga
m o'ljallangan yerlar
148
T u p ro q u num dorligi - tuproqning qishloq x o ‘jalik o'sim liklarining to ‘yimli
moddalar, havo, suv, issiqlik, biologik va fizikaviy-kimyoviy muhitga b o ig a n
talabini qondirish, qishloq xo‘ja lik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishni
ta ’minlash xususiyati;
M eros qilib qoldirilad ig an y e r uchastkasiga u m rb o d egalik qilish h u q u q i -
fuqaroning hayot davrida amal qiladigan va uning merosxo'rlariga belgilangan
tartibda o'tkazilishi mumkin b o ig a n yer uchastkasidan yakka tartibda uy-joy qurish
va uy-joyni obodonlashtirish ham da dehqon xo'jaligini, shuningdek jam oa
bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalanish huquqi;
Q ishloq xo‘ja lik y e rla ri - qishloq xo'jaligi ahamiyatidagi yerlarning bevosita
qishloq x o ‘ja lik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yoki yem-xashak bazasi sifatida
foydalanilayotgan yohud foydalanilishi lozim b o ig a n asosiy qismi; Qishloq xo‘jalik
yerlari haydaladigan yerlar, k o ‘p yillik daraxtzorlar, bo‘z yerlar, pichanzorlar va
yaylovlardan tashkil topadi.
149
|