sur’atlari ko‘zda tutilganidek darajada ta’minlandi, yalpi ichki mahsulotning o ‘sish sur’ati 2004- yilga nisbatan 7 foizga, sanoat ishlab chiqarishi 7, 3 foizga, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish 6, 2 foizga o‘sdi, ayni chog‘da, inflyatsiya darajasi 7, 8 foizni tashkil etdi, xususiy sektor, ayniqsa, kichikbiznes, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlikni rivojlantirishda tub burilish bo‘ldi. Bu esa 2006- yilda bundan ham yuqoriroq o ‘sish sur’atini ta’minlashga chuqur zamin yaratilganini bildiradi1» B) Iqtisodiyotdagi o ‘sishning eksportning o'sishiga bog‘liq ekanligi xususida. Iqtisodiy tafakkuming awal tushunchasiga binoan mamlakat iqtisodiy o ‘sish darajasini, makroiqtisodiy salohiyatining o ‘sish darajasini makroiqtisodiy ko'rsatkichlar belgilar edi. Biroq, iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyasining Prezidentimiz yaratgan tamoyiliga ko‘ra, milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasi endilikda mamlakat eksport salohiyatining ortib borishiga bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Mamlakat eksport qudratining o'sish sur’atini oshirmoq uchun iqtisodiyot subyektlarini eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qiziqtirish, rag‘batlantirish lozim. Bunda korxonalar o ‘z yo‘nalishlarini keskin o ‘zlashtirishi talab etiladi. Buning uchun ulami doimiy ravishda eksportga mahsulot ishlab chiqarishga rag'batlantiradigan kuchli omillami vujudga keltirish kerak. Bunday rag'batlantiruvchi omillar qaysilar? Bular boj to‘lovlari va aksiyalar miqdorini qaytadan ko‘rib chiqish, eksportga soliq ta’siri darajasini aniqlash, eksport mahsulotlarini tashishdagi transport harajat- la'rini kamaytirish choralarini ko‘rish, ishlab chiqaruvchilarga yetarli haq- huquqlar berish, eksportga mahsulot tayyorlayotgan korxonalarga