Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


ochadi, uning salohiyatini hamda erkinlashtirishning yo‘l-yo‘riqlari va



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

ochadi, uning salohiyatini hamda erkinlashtirishning yo‘l-yo‘riqlari va
vositalarini ko‘rsatib beradi. Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasining
1999- yil yakunlariga va 2000- yil ustuvor yo‘nalishlariga hamda 2000- yil
yakunlari va 2001- yil ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan «Iqtisodiyotni
erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish-eng muhim vazifamiz» deb
nomlangan ma’ruzalari yuqoridagi iqtisodiy munosabatni ochishning ilmiy
misoli bo‘la oladi.
Ma’lumki, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish bilan belgilanadi. Ana shu ma’noda mulkni
davlat egaligi shaklidan boshqa mulk shakllariga shunchaki aylantirilishi
asosiy masala emas. Masalaning mohiyati, xususiy shakldagi mulkning
realizatsiya qilinishi mazmunan shunga olib kelishi kerakki, undan
olinayotgan iqtisodiy va ijtimoiy samara ilgarigi shakldagi mulk samarasidan
yuqori bo‘lishi darkor. Shu ma’noda I. Karimovning quyidagi so‘zlari
fikrimizni tasdiqlaydi: «Mulk shakli nomigagina o ‘zgarmoqda, tarmoq
idoralari, korxonalar ma’muriyati va rahbarlari darajasidagi qarshilik hamda
ayrim hollarda mulkdorlar yangi avlodining haq-huquqini himoya qila
olmasligi oqibatida mehnatga munosib rag‘bat o ‘zgarmasdan qolmoqda1».
Iqtisodiy erkinlashtirish mulkka ega iqtisodiyot subyektlari bo‘lmish
tadbirkorlar bilan ham belgilandi. Shu ma’noda erkinlashtirish «bozor
munosabatlariga xos qudratli, ichki omil» bo'ladi. (I. Karimov). Iqtisodiyotni
erkinlashtirishning yana bir kuchli jihati, xorijiy investorlami mamlakat
iqtisodini qayta qurish va tarkibiy tuzilmasini o‘zgarishiga xizmat qilishidir.
Bu yo‘nalish ham qo‘shma korxonalar qurish, mavjud xususiylashgan
korxonalar aksiyalarini xorijiy investorlarga sotish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin