Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

VIII bob KLASSIK SIYOSIY IQTISOD
1. Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining tarixiy sbart-
sharoitlari
XV-XVII asr oralig‘ida Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm 
iqtisodiy nazariyasining ta’sirida edilar. XVII asiga kelib vaziyat bir muncha 
o‘zgardi. Merkantilizm o‘rniga yangi klassik iqtisodiy maktab vujudga keldi.
Har qanday yangi g‘oya, yangi fikr, yangi ta’limotlar o‘z-o‘zidan, 
tasodifan yuzaga kelmaydi. Yangi ta’limotni vujudga kelishiga m a’lum bir 
sabablar, davr o'zgarishlari, o‘sha davrdagi muhit, shart-sharoitlar sabab 
bo‘ladi. Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishiga sabab, merkantilizm 
ta’limotining sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay 
qo‘yganlari bo‘ldi. Paydo bo‘l,ayotgan yangi muammolami hal etish yangi 
yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to ‘g‘ri keldi. XVI asming o‘rtalarida 
boshlangan manifaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim 
tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni vaqtda, qishloq xo‘jaligida 
ham bozor munosabatlariga vujudga kela boshladi. Angliya dunyoda 
iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib, bu- 
yerda tovar ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki 
sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning 
sotsial iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning 
rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat 
qilgan yangi iqtisodiy tizimning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab 
beradigan iqtisodiy ta’limotlar yuzaga kela boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlami rivojlantirish uchun, 
ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. 
Mana shu sharoitda yashab, ijod qilgan U. Petti, P. Buagilber, A. Smit, D. 
Rikardo va klassik siyosiy iqtisod maktabning boshqa vakillari iqtisodiyotni 
ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi 
klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning «klassik» 
deb atalishining sabab, ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam 
ilmiy bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi.
Klassik siyosiy iqtisod namoyandalari birinchi marotaba mehnatning 
qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymati uni ishlab chiqarishga 
sarf etilgan mehnat sarflari bilan o ‘lchanishini asoslab berdilar. A. Smit, 
D. Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab 
chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o‘rgandilar.
99


Ularning ilmiy tadqiqotlari ko‘proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi 
kategoriyalami mohiyatini ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular 
ijtimoiy xo‘jalik taraqqiyotida bozoming o‘mini belgilab berdilar.
Klassik iqtisodchilar boylik faqat qishloq xo'jaligidagina emas, sanoat, 
transport, qurilish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratilishini 
isbotlab berdilar.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin