ligiga alohida urg'u berilishi katta yutuq hisoblanadi.
Kapital va uning ikki
qismiga ajratilishi (asosiy va aylanma) takror ishlab chiqarish, erkin
sohibkorlik to ‘g‘risidagi g‘oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy
ta ’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.
Hozirgi zamon tili bilan
aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarining unsurlarini, asosan,
to ‘g‘ri hal etib berdilar. M ehnat bilan birga yeming boylik asosi deb qabul
qilinishida davr ta ’siri kuchlidir. Chunki mamlakatdagi asosiy sinf
dehqonlar bo‘lib, asosiy boylik qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan edi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun
erkin bozor munosabatlariga
o ‘tish, ayniqsa, dehqonlami turli-tuman soliq va yiginlardan ozod qilish
zarurligi, yagona soliq tizimiga o‘tish kerakligi to ‘g‘risidagi fikr nihoyatda
qimmatlidir. Sobiq SSSRda yangi iqtisodiy siyosatda bu usul qo‘l kelgan.
Chunki, har bir sohibkor va tadbirkor shaxsiy manfaatdorlik bo‘lgan
taqdirdagina ishlab chiqarishni rivojlantirishga intiladi.
Takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayoni uzluksiz davom etishi,
xalq xo‘jaligi tarmoqlarining m a’lum proporsiyalarini saqlagan holda ro ‘y
berishi mumkinligi aniqlab berildi. F. Kene misolida uch sektor o'rtasidagi
munosabatlar tahlil qilindi.
Amalda, ayniqsa, hozirgi davrda esa bu sektorlar miqdori xiyla ko‘p
bo‘lib, ular o ‘rtasidagi aloqalar V. Leontevning «Harajatlar chiqarish»
tizimida bir qancha tarmoq uchun ishlab chiqarilgan. Ko‘rinib turibdiki,
bu g‘oyaning kurtaklari fiziokratlaming asarlarida ko‘ringan. Hozirgi davrda
buni tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va umuman
iqtisodiyotda muhim ahamiyatga egadir. 0 ‘sha paytda bo‘lajak iqtisodiy
modellaming asoslari vujudga kelgan edi. Bu g‘oya klassik iqtisodiy maktab
ta’limoti zanjirining muhim ajralmas qismi sifatida muhim o ‘rin egallaydi.
Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta ’limotlari nuqtayi nazaridan
fiziokratizm g‘oyalari o‘z ahamiyatini tezda yo‘qotdi va o‘tkinchi xarakterga
ega bo‘ldi, chunki jahondagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar
nisbatan mukammal g‘oyalar ishlab chiqishi zarurligini taqazo etdi va bu
amalda ro‘y berdi. Ayniqsa, boylikning asosi (sof mahsulot) faqat qishloq
xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘liq qilib, cheklab qo‘yilganligi
to ‘g‘risidagi xato g‘oya namoyon b o ‘lib qoldi. Sanoat inqilobi natijasida
ro ‘y bergan o'zgarishlar tufayli fiziokratizm g‘oyalari unutilayozdi.
95