Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

Qiymat nazariyasi. 
«Qiymat» kategoriyasi iqtisodiyot nazariyasining 
qiyin masalalaridandir. Ibn Xaldun ana shu kategoriya mazmunini ochish, 
idrok qilish darajasiga ko‘tarilgan birinchi olim, deyish mumkin. U tovarlar 
almashuvi asosida ijtimoiy zaruriy mehnat yotadi, mehnat qiymatning 
substansiyasini (mazmunini) tashkil etadi degan g‘oyat muhim nazariyaga 
birinchi bo‘lib asos soldi.
Mulkdor bo‘IishIik-insonning muqaddas huquqi. 
Ibn Xaldun ta’limotida 
mulkdor bo‘lishning qonuniy, umuminsoniy huquqi ekanligi asoslab berilgan. 
Mulkdor bo‘lishlik, xususiy mulk egasi bo‘lishlik kimlamingdir muruwati 
emas, balki insonning qonuniy, obyektiv, huquqiy zaruratidir. Davlat ana 
shu huquqni ro‘yobga chiqarishga va boshqarishga xizmat qilishi kerak.
Farovon yashash odamlarning o ‘zlariga bog‘liq. 
Ibn Xaldun ta’lim bergan 
ediki, jamiyatning holati, uning boyishi, ravnaqi, istiqboli, eng awalo, 
jamiyat a’zolarining intilishlariga, harakatlariga bog‘liq. Demak, butun 
mamlakat har bir fiiqaro ham o ‘z farovonligini o‘zi ta’minlashga mutasaddi 
va mas’uldir.
Pul-boylik. 
Ibn Xaldun pulni boylik deb tushundi. Uning fikricha, pul 
qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyat va odamlar shuncha boy bo'lishadi. Zero, pul 
(oltin va kumush) o ‘zida mahsulotlardagi mehnatni mujassamlashtirgan. 
Bu dunyoqarash mohiyatan cheklangan bo‘lsa ham, o‘z davrida ancha 
ilg‘or qarash bo‘ldi. Bu ta ’limotning yana bir jihati shuki, «pul-boylik» 
degan tushunchaga merkantilizm tarafdorlari Ibn Xaldundan 300-350 yillar 
keyin keldilar.
84


VII bob MERKANTILIZM VA FIZIOKRATLAR IQTISODIY
TA’LIMOTLARI
1. Merkantilizm siyosiy iqtisoddagi birinchi ilmiy maktab
XVII asming oxirigacha ko‘pgina mamlakatlardagi iqtisodiy qarashlarda 
muhim o ‘rinni egallagan va keng tarqalgan merkantilizm (italyancha 
«merkante»-savdogar) iqtisod ilmida birinchi ilmiy maktab sanaladi. 
Merkantilizm, aw alo, davlatning iqtisodiy siyosatini aks ettirdi. Uning 
tarafdorlari savdo kapitaliga e ’tiborni qaratganlar, dastlabki masalalarini 
hal qilganlar. Merkantilizmning muhim belgilaridan biri boylikni oltin va 
kumushga tenglashtirishdir. Merkantilistlaming fikricha, oltin va kumush 
o‘z tabiatiga ko‘ra ham puldir.
M erkantilistlar boylikning asosini tashqi savdoda deb hisoblaydilar. 
Bu fikmi merkantilistlar qarashlarining tamal-toshi deyish mumkin.
U lar milliy boylik va foydani ham savdoda deb qarashadi, shu sababli 
faol tashqi savdo balansi g‘oyasini ko‘tarib chiqadilar. Tashqi savdo balansi 
pul boyliklarini jamg‘arish davlatning aktiv faoliyati bilan bog‘lanadiki, 
uning natijasida iqtisodiy siyosat va m a’muriy tadbirlar orqali mamlakatga 
oltin va kumush ko'plab to ‘planishi mumkin. Bu vazifalami bajarish uchun 
merkantilistlar faol tashqi savdoga e’tibor beradigan, iqtisodiy siyosat 
yurgazishni hukumatga tavsiya beradilar va butun bir tadbirlar tizimini 
ilgari suradilar.
Merkantilizm o ‘z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o ‘tdi. Birinchisi- 
dastlabki (ilk) merkantilizm (XVI asr) bo‘lib, m onetar tizimi bilan 
bog‘lanadi. Ikkinchisi- rivojlangan merkantilizm bosqichi bo‘Iib manifak- 
tura tizimi bilan bog‘lanadi (XVTI asr).
M onetar tizim uchun pul balansi konsepsiyasi xarakterlidir. Uning 
yirik vakili Uilyam Stafford (Angliya) sanaladi. Bu konsepsiyaga ko‘ra, 
mamlakatda pul boyliklarining to ‘planishi masalasi tashqi savdo va pul 
muomalasini qat’iy bo'ysundirishga qaratilgan m a’muriy tadbirlar orqali 
hal qilinadi. M onetaristlar oltinni qimmatbaho narsa, boylikning mutlaq 
shakli deb qarab, uning tashqaridan kelib to ‘planishi va jamg‘arilish 
yo‘Jlarini izladilar.
Davlatdan proteksionizm siyosati yurgizishini talab qilib, uning hudu- 
didan tashqariga pulni olib o ‘tish q at’iy man qilinadi, xorijiy savdogarlar- 
ning faoliyati qattiq nazorat qilinadi, xorijdan keltiriladigan mollar 
chegaralab qo‘yiladi, yuqori boj to'lovlari belgilanadi va h. k.
85


Manifaktura tizimiga o ‘tilsa ham merkantilistlar konsepsiyasining asosiy 
qoidalari o'zgarishsiz qolaveradi, lekin bu pul jam g‘armasini o ‘stirishga 
muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bu tizim rivojlangan iqtisodiyotni namo- 
yish qildi. Rivojlangan merkantilizmning tarafdorlari Angliyada m ashhur 
iqtisodchi Tomas Men bo‘lsa, Fransiyada Kolberizm vakillari hisoblanadi. 
Italiyada savdo balansi konsepsiyasini Antonio Serra rivojlantirdi.
Monetaristlar kabi manifaktura tizimi tarafdorlari ham millat boyligini 
oltin bilan tenglashtirib, uning asosini tashqi savdoda deb hisobladilar. 
Ular pulning qudratiga q at’iy ishonadilar. Ularning fikricha, oltin bu ajib 
narsadir. Kim unga ega bo‘lsa, dunyodagi eng boy odamdir, u bilan istalgan 
narsani amalga oshirsa bo‘ladi. Oltin hatto qalblarga jannat eshigini ochishi 
mumkin. Bunday fikr XX asr boshlarida Turkistonda ham hukm ron edi. 
Buni buyuk adibimiz Oybek «Qutlug1 qon» romanida Mirzakarimboy 
timsolida shunday ta ’riflagan edi: «Pul hamma narsaning otasi. Pul belga 
q u w at, boshga toj. Puldor odam qanoatli odam , bu qanoat bilan 
mag‘ribdan, mashriqqacha uchasan... Pul shunday aziz narsa jiyan1».
Taraqqiy etgan merkantilizm vakillari o ‘z fikrlari bilan ko‘p hollarda 
monetaristlaming xom xayollaridan ustun keldilar. Ulaming nazariyasi 
kengroq asoslangani bilan ajralib turadi. Jamg‘armaning o'zini oqlamagan 
m a’muriy usullari o ‘miga iqtisodiy usullar ilgari suriladi. U lar oltinning 
mamlakatga doimiy kirib kelishini ta’minlashga xizmat qiluvchi tashqi 
savdoni rag‘batlantirish uchun tadbirlar ishlab chiqdilar. Tashqi savdoning 
asosiy qoidasi chetga mol chiqarishni rag‘batlantirishdir. Uni amalga oshirish 
uchun merkantilistlar manifaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish, ichki 
savdoni yuksaltirish, eksport va importni yuksaltirish, chetdan xomashyo 
sotib olish, puldan oqilona foydalanish haqida g‘amxo‘rlik qildilar. 
Manifaktura ishlab chiqarishining o‘sishi va jamg'arma iqtisodiy usullarining 
faollashuvi, garchi o ‘zgarib tursa ham, davlat tomonidan ma’muriy ta’sirini 
istisno qilmas edi. Savdo balansi konsepsivasiea mos ravishda shaxsiy 
manifakturistlar va savdogarlar manfaatini ko‘zlab proteksionizm iqtisodiy 
siyosati o ‘tkazildi, xomashyoni olib ketishni taqiqlash m a’qullanadi, 
qator narsalar, ayniqsa, keraksiz tovarlar olib kelish chegaralab qo'yildi, 
im port uchun ortiqcha boj narxlari belgilanadi va h. k. Merkantilistlar 
hukumatdan milliy sanoat va savdosi eksport uchun tovar ishlab chiqarishni 
rivojlantirishni rag'batlantirish, katta boj to'lovlarini m a’qullash, flotni 
tashkil etish va mustahkamlash, tashqi savdoni kengaytirishni talab qiladilar.
’Oybek. Q utlug'qon Т., 1956, 21- bet, yana Q. Yo'ldashev. Oybek iqtisodiy tafakkuri, T, 2005
86


Merkantilizm ayrim mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi. 
Uning rivojlanishi kapitalistik ishlab chiqarishning yetuklik darajasi bilan 
bog‘langan ediki, bu narsa milliy merkantilistik nazariyasining amaliy 
natijalarini ham ko‘rsatadi.
Merkantilizm Angliyada kam rivoj topdi. Uning boshlang‘ich davrida 
«Vatandoshlarimizning ayrim shikoyatlari haqida tanqidiy mulohazalar» 
(1581) kitobining muallifi Uilyam StafFordning alohida o ‘m i bor. Merkan­
tilizm konsepsiyasining rivojlantirib, Stafford pullaming chegaradan 
tashqariga qaytib ketishidan xavotirga tushdi. U davlatdan tangalarning 
olib chiqib ketilishi, keraksiz narsalarni olib kirilishini taqiqlash, bir 
qator tovarlar importini chegarasini talab qilish orqali m a’muriy yo‘l 
bilan pul boyligini jamg‘arish qayta ishlash, movut ishlab chiqarishni 
yoqlab yozadi.
Rivojlangan m erkantilizm Angliyada Tom as M en (1571-1641) 
asarlarida namoyon bo‘ldi. Manifaktura tizimining klassik valriH bo'lgan T. 
Men o‘z davrining yirik kommersanti sanalib, Ost-Indiya kompaniyasining 
direktorlaridan biri edi. Kompaniya manfaatlarini dushmanlar hujumidan 
himoya qilib T. M en 1621- yilda o ‘zining «Angliyaning Ost-Indiya bilan 
savdo haqidagi munozarasi» asarini e’lon qildi. Muallif monetaristlar 
konsepsiyasini savdo balansi nazariyasiga qarama-qarshi qo'ydi. 1630- 
yilda T. M en o ‘zining «Angliya tashqi kuch sifatida» asarini yozdi. Asar 
nomining o ‘ziyoq rivojlangan merkantilizmni ifoda etadi. T. M en pul 
muomalsining qat’iy tartibga solinishini zararli deb hisoblab, tashqi 
savdoning norm al rivojlantirish pulni olib chiqishdagi erkinlikning 
ahamiyatini ta’kidladi. U quyidagi qoidani amalga oshirishni muhim deb 
hisobladi: «Xorijga biz ulardan sotib olganimizdan ko‘ra ko'proq sotishimiz 
zarur»1. Uning fikricha, faqat faol tashqi savdo yo‘li bilangina «Bizda 
qoladigan va bizni boyitadigan»2 pulni mamlakatga jalb qilish mumkin. 
Xorijliklar uchun pulning «sarflanishi» haqidagi qonun bekor qilishini 
talab qilib, T. M en pulni chetga chiqarishni taqiqlash xorijda ingliz 
tovarlariga b o ‘lgan talabni pasaytirishi mumkin, pulning ortiqchaligi 
mamlakatda narxning oshishiga olib keladi, deb hisobladi.
Merkantilizm nazariyasini qo‘llash tufayli Angliya kapitalistik taraq- 
qiyotda bilan jahonning boshqa mamlakatlaridan o ‘zib ketdi. U jahonning 
sanoat ustaxonasiga aylandi. Bu Angliyaning sanoat rivojlangan birinchi 
davlatga aylanishi uchun sharoit yaratdi.
1 Merkantilizm. M. Sots. ek. 1935. 155 —bet
- O 'sha yerda, 166 —bet
87


Fransiyada merkantilizm g‘oyalari XVI-XVII asrlarda keng tarqaldi. 
Uning dastlabki tarafdorlaridan bin mashhur «Siyosiy iqtisod haqida traktat» 
(1615) asarining m uallifi A ntuan M ankreten (1576-1621)dir. U 
savdogarlami foydali tabaqa deb hisoblab savdoni hunarlaming asosiysi 
sifatida tavsifladi. A. Mankreten podsho Lyudovik XIII ga pul boyligini 
ko‘paytirish yo‘llarini tavsiya qilgan edi. Davlatning iqtisodga faol aralashuvi 
mamlakatning rivojlanishi, mustaxkamlanishi, boylikning to ‘planishida 
muhim omil ekanligi ko‘rsatildi. A. Mankreten manifakturani rivojlantirish, 
hunar maktablarini ochish, mamlakatdan boylikni simirib ketayotgan 
xorijlik savdogarlami fransuz bozoridan siqib chiqarib, milliy ishlab chiqarish 
tovarlari savdosini kengaytirishni maslahat berdi. A. Mankreten dasturi 
Fransiya tashqi savdo ekspansiyasini kengayishini ko‘zlagan edi. Dastur 
qisman monetarizm g‘oyalarini ifodaladi, shu bilan birga, unda savdo balansi 
konsepsiyasi ham yoritildi. Mankretenning yuqoridagi nomdagi asari tufayli 
iqtisodiyot fani «Siyosiy iqtisod» nomini oldi.
Merkantilizm nazariyasi XVII asming ikkinchi yarimida Koordinal 
Rishelye (1624-1642) hukmronligi va Lyudovik XIV ning moliya vaziri 
Kolber (166l-1683)ning faoliyati davrida hayotga qat’iyat bilan tatbiq 
qilindi. Manifaktura ishlab chiqarishini yuzaga keltirish, uning o ‘sishini 
ta ’minlovchi shart-sharoitlar (sanoatchilar va savdogarlar turli imtiyozlar 
va qarz berish, xorijlik ustalami jalb etish va boshqalar)ni yaratishga kirishildi. 
Fransiyada dengiz floti ishga tushdi, mustamlaka kompaniyalar vujudga 
keldi, tashqi savdo faoliyati kengaydi. Merkantilistlar siyosati yordamida 
Kolber mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqdi, Angliyaga 
yetib olishni m o‘ljallagan edi. Lekin bu harakatlar behuda edi. T o‘g‘ri, 
dastlabki paytlarda merkantiliistlar g‘oyasi yaxshi natijalar berdi, lekin 
sotsial inqilobsiz mamlakat bozor iqtisodi yo‘lida feodal tartiblami bartaraf 
qilishi mumkin emas edi. XVII asr oxiriga kelib fransuz merkantilizmi 
jiddiy inqiroziy holatga tushdi.
M erkantilizm g‘oyalari Italiya, Ispaniya, Germ aniya, Vengriya, 
Polsha, Rossiya kabi qator mamlakatlarga tarqaldi. Ularning har birida 
merkantilizm konsepsiyasi ta ’siriga bog‘liq holda milliy iqtisodiy nazariya 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, hukumat tepasida turgan dvoryanlar 
bilan yuzaga kelayotgan buijuaziya orasidagi munosabatga bog‘liq edi.
Ispaniyada merkantilizm rivojlanishi monetarizm darajasida qoldiki, 
unda pul muomalasi q at’iy tartibga solindi, oltin va kumushning chetga 
olib chiqib ketishi qattiq nazoratga olindi. Germaniyada merkantilizmning 
rivojiga yuqoridagi omillardan tashqari mamlakatdagi siyosiy tarqoqlik
88


ham sabab bo'lgan edi, bu yerda merkantilizm feodal knyazlikka xos 
iqtisodiy siyosat bilan bog‘langan edi. Ular faqat mamlakatdagi tarqoqlikka 
asoslanib, hukm ronlik qilayotgan iqtisodiy chalkashliklarni yanada 
chuqurlashtirar edi.
Italiyada merkantilizm yanada uzoq tarixga ega. Uning dastlabki namunalari 
«Tanga haqida» asari (1582) muallifi florensiyalik E. Davnsati, pul muomalasi 
va uning tartibga solinishi haqidagi «Tanga haqida mulohazalar» (1579) 
kitobi muallifi Skaruffi edilar. A. Serraning «Qisqa traktat»i (1613) esa 
rivojlangan merkantilizmni ifodalab, savdo balansi nazariyasini aks ettirdi. 
A. Serra monetarizmni tanqid qildi. U hunarmandchilikni rivojlantirish, 
aholini mehnatsevarligi va ijodkorligini taqdirlash, sanoatni yuksaltirish, 
qulay iqtisodiy siyosat yuritishni yoqlab chiqdi. Italiyaning ijtimoiy hayotida 
merkantilizm kutilgan amaliy natija bermadi.
Rossiyada merkantilizm o ‘ziga xos jihatlari bilan farqlanadi. A L. Ordin- 
Nashokin, Yu. Krijanich, I. T. Pososhkov asarlarida ifodalanib, iqtisodiy 
siyosatning shakllanishiga ta ’sir ko‘rsatgan bo‘Isa ham merkantilizm 
g‘oyalari qonuniy rasmiylashmay, rus iqtisodiy fikrlari qatoridan o ‘rin 
topolmadi. Lekin, XVII asrda Rossiya iqtisodiyotining agrar xarakteri 
merkantilizmning yolg‘on konsepsiyalarini o ‘zida aks ettiimagan masala- 
lami o ‘rtaga tashladi. Rus iqtisodiy fikrlari rivojlanishining keng dasturida 
u o‘z ifodasini topdi.
Iqtisodiy nazariyalar sohasida merkantilizm jo ‘n g‘oya edi. Boshlang‘ich 
kapital jam g‘arish davriga mos birinchi siyosiy iqtisod maktabi bo‘lgan 
merkantilizm iqtisodiyot fanida oldingi davmi aks ettirgan. Lekin klassik 
maktablar paydo bo‘lsa ham, u o ‘z faoliyatini davom ettirdi. Uning mash­
hur vakili o ‘z qarashlarini «Siyosiy iqtisod tamoyillari tadqiqi», (1767) 
asarida ifoda etgan ingliz iqtisodchisi Jeyma Styuart (1712-1780) edi. U 
birinchilardan bo‘lib siyosiy iqtisod asoslarini izohlashga intildi, «ishlab 
chiqarish sharoitini m a’lum sinf mulki sifatida ishchi kuchidan ajratish 
jarayoni»ni ko‘rsatib berdi.
Merkantilizm uchun pul muomalasining belgilovchi rolini tan olishdan 
kelib chiqadigan iqtisodiy holatlar sharxi xarakterlidir. Boshlang‘ich kapital 
jamg'arish davrida tug'ilgan tarixiy sharoit mahsuloti sifatida bunday 
munosabat tasodifiy emas edi. Merkantilizm kapitalistik bozor iqtisodiyotiga 
imkon yaratib, ilg'or rol o‘ynadi.
Merkantilizm tom onidan ilgari surilgan iqtisodiy jarayonlar sharxi 
boylik manbayi sifatida muomala sohasi bo‘ldi, foydaning hosil bo'lishi 
esa tovaming uning qimmatini oshiradigan narxga sotish natijasi sifatida
89


izohlanadiki, bu narsa klassik siyosiy iqtisod namoyondalari tom onidan 
m a’lum darajada bartaraf qilindi.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin