Uning ta ’limotiga ko‘ra, jamiyatning holati uning boyishi, ravnaqi,
istiqboli, uning a’zolarining iqtisodiy harakatlariga yashash vositalarini
yaratishga bo‘lgan intilishga bog‘liqdir. Agar odamlar yashash vositalarini
topishga intilmasalar,
harakat qilmasalar, g‘amxo‘rlik qilishmasa, bozor
larda tovarlar sotilmaydi, ular b o ‘m -bo‘sh bo‘lib, xuvillab qoladi.
Bunday sharoitda odam lar har tomonga o ‘zga yurtlarga tarqalib,
mamlakat aholisi kamayib ketadi, oqibatda davlat harob iqtisodiy tanazzulga
giriftor bo‘ladi. Demak, u davlat hokimiyati
va xususiy mulkchilikni,
jamiyat bilan uning a’zolari o ‘rtasidagi munosabatlarni jamiyat normal
hayotining asoslari degan tushunchani asoslaydi. Ular genetik jihatdan
dialektik bog'liq munosabatlardir.
Pul va boylik xususida
Ibn Xaldun feodal olimi bo'lganligi uchun pulni boylik deb tushundi,
jamiyatning asl boyligi puldir, jamiyatda pul qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha
boydir degan falsafaga asoslandi. Bunday fikrlami olim ongiga singishi
bejiz emas, albatta. Zero, u moddiy buyumlardan oltin va kumushgina
qiymatni yoki mahsulotdagi butun mehnatni mujassamlashtiradi.
Uning
bunday cheklangan ilmiy qarashi yana shundan kelib chiqadiki, u hali
tovar qiymati odamlar o ‘rtasidagi bozor subyektlari o‘rtasidagi
ishlab
chiqarish munosabati ekanini tushunib yetmagan edi. Shuning uchun
ham qiymat va pul mohiyati haqida cheklangan qarashlar bilan kifoyalandi.
Ibn Xaldun fovda kategorivasi haqida fikr yuritib,
uning manbayi
qo‘shimcha mahsulot ekanini tushunish darajasiga ko‘tarilmadi. U savdogar
oladigan foydani tovarlarni o ‘z qiymatidan arzon olib, qiymat bahosida
sotishdan keladi, foyda boylar tom onidan odamlar mehnatini to ‘g‘ri
taqdirlanmaslikdan kelib chiqadi deb tushundi.
Garchi Ibn Xaldunning iqtisodiy qarashlarida ayrim nuqsonlar bo‘lsa
ham ular bizning «Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» to ‘g‘risidagi bilimlarimizni
yanada chuqurlashtirishga, iqtisodiy tafakkurimizni shakllantirishimizga
yordam beradi.
Eng muhimi, qator iqtisodiy kategoriyalar mohiyati
to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan qarashlami iqtisodiyot tarixida birinchi bo‘lib
ilgari surganligi, Sharq iqtisodiy tafakkuri G ‘arb
iqtisodiy qarashlaridan
tarixan ancha asrlar ilgari shakllanganligi bilan bizning m a’naviy
g‘ururimizni ko‘taradi.
81