Rivojlangan merkantilizm. Bu ta’limotning asoschisi T. M en bo‘ldi. U
bir qancha iqtisodiy asarlar muallifidir. U xorijga ko‘proq tovar sotish,
faol tashqi savdo siyosati yuritish, boylikni k o ‘paytiradigan pulni
mamlakatga ko‘proq jalb etish, xorijliklar uchun pulni sarflashni taqiqlash,
pulni jam g‘arish lozimligi haqidagi g‘oyalami taklif etdi. Rivojlangan
merkantilizm turli mamlakatlarda turlicha xususiyatlar kasb etdi. Masalan,
Fransiyada davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi yo‘li bilan manifakturani
rivojlantirish, mamlakatdan boylikni olib ketayotganlar uchun bozomi
siqib qo‘yish, milliy ishlab chiqarish orqali savdoni rivojlantirish takliflari
bilan chiqildi.
Fiziokratlar ta’limoti. Uning yirik nazariyotchisi F. Kene bo‘ldi. Bu
ta’limot, asosan, Fransiyada vujudga kelib, rivoj topdi. Ular merkantilistlar
ta’limotini rad etdilar va muqobil ta ’limot bilan chiqdilar. Uning fikricha,
savdo boylikning asosi bo'lolmaydi, zero muomalada tovarlar ekvivalentlik
asosida sotiladi. Boylikning ko‘payishi faqat qishloq xo‘jaligida yuz beradi,
zero bu yerda qiymat yaratiladi, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqariladi.
Bu ta ’limotning ilmiy ahamiyatli tomoni shuki unda iqtisodiy tahlil
muomaladan ishlab chiqarishga-qishloq xo‘jaligiga olib o ‘tildi. Yer egalari
mehnati unumli mehnat, boshqa sohalardagi hatto sanoatdagi m ehnat
ham unumsiz deb baholandi.
Sof mahsulot- fiziokratlar tom onidan fanga olib kirilgan iqtisodiy
kategoriyadir. Sof mahsulot qo‘shimcha mahsulot tarzida talqin etilib, u
faqat agrar sohada yaratiladi. Sof mahsulotning yagona shakli sifatida renta
e’tirof etiladi. Fiziokratlar ta ’limotida sof mahsulot tabiatning in ’omi
deb qaraladi. «Foyda» kategoriyasi ham muomalaga kiritilib, u ish haqining
bir ko‘rinishi, tabiiy jarayonning natijasi deb baholanadi.
«Iqtisodiy jadval» -F . Kenening asosiy asari, unda takror ishlab
chiqarish jarayoni-m oddiy n e ’m atlarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
almashtirish va iste’mol qilish tahlil etiladi. Ijtimoiy mahsulotning takror
97
ishlab chiqarilishi qishloq xo‘jaligidagi uch sinf- yer egalari, ijarachi
kapitalist va fermerlar timsolida qarab chiqilgan. Bu asar ishlab chiqarish
jarayonini takror hosil qilishning shart-sharoitlarini tahlil etgan birinchi
yirik tadqiqot mahsulidir.