bizning ona zaminimizda yaratilgan «Avesto» dek buyuk kitobdan o ‘tgan
bo‘lishi tabiiydir. Kitobni o ‘qir ekanmiz, unda yerni xuddi qizni sevgandek
sevish, unga yaxshi, serhosil urug‘lar sepish, uni m o‘l-ko‘l hosil beradigan
onaga aylantirmoq ilohiy qonun ekanligini qayta-qayta ilg'aymiz. Bunday
munosabatning ilohiyligi shundaki, yer qadrini bilmagan dehqon, jamoa,
davlat xor bo‘lishi aniqdir. Asardagi quyidagi satrlami o ‘qiganimizda bunga
to ‘la ishonch hosil qilamiz.
«Ey, Sipiytmon Zardusht!
Kimda-kim zaminni chap va o ‘ng qo ‘l bilan, o ‘ng q o ‘l va chap q o ‘l
bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. Ugo ‘zal va pokiza
qizga о ‘xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, о ‘z to ‘shagida halol
yostiqdoshga farzandlar tug‘ib beradi. Zamin ham m o ‘l-k o ‘l mevalami
in ’от etadi1».
Yer nom idan unga ishlov bergan zotga shunday xitob qilinadi: «...
Men bu yerda hosilga kiraman. Har turlik x o ‘rak va m o ‘l-k.o‘1 bug‘doy
yetishtiraman2».
Yerni
shudgor qilmagan, unga jilo bermagan kishilarga
nisbatan shunday xitob qilinadi: «...
Sen begonalar eshigi ostonasidan non
istovchilar bilan birga bo'lursan. К о‘zlaring y o
7
k o ‘radi. Ular seni eshigi
ostonasidan haydab yuboradilar3».
Shulardan xulosa qilib aytiladiki, Axura Mazda qavmini faqat bug‘doy
to ‘yg‘izadi. Shu bois Axura Mazda odamlarga Zardusht timsolida shunday
xitob qiladi:
«B u s‘dov ekmoq va bue‘dov ekmoq kerak
» (ta’kid bizniki-
muall. )
Darhaqiqat, odamlar, jamiyat, mamlakat taqdiri va istiqbolida nonning
o ‘rni va ahamiyati beqiyos. Shuning uchun zardushtiylik ta ’limotida bu
masala alohida va muhim o ‘rin tutadi. Zotan, non mustaqilligi mamlakat,
Vatan mustaqilligi bilan bir darajadagi ahamiyatli iqtisodiy-ijtimoiy masala
ekanligi bejiz emas. «Avesto»ning non masalasidagi g‘oyasining naqadar
yashovchanligi va chuqur mazmunga ega ekanligi 0 ‘zbekistonimizning
mustaqillikka erishishuvi don (bug‘doy) mustaqilligi bilan bir darajaga
qo‘yilganligida yaqqol ifodalanmoqda. Prezident I. Karimov «Avesto»ning
2700 yilligiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasining
ochilish
marosimida so‘zlagan nutqida ana o‘sha ezgulik bilan sug‘orilgan g‘oyalaming
yashovchanliligiga e ’tibor qaratgan edi:
««Avesto» bilan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo'lamiz-
1 O 's h a asar, 114—115 b et
2 O 's h a asar, 115 —bet
5 Avesto, 115-bet
15
ki, bu mangu kitobda ifoda etilgan buvuk g‘ovalar. falsafiy hikmatlar
o‘zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Bu
haqda gapirganda, men, aw alo, «Avesto»ning tub mazmun-mohiyatini
belgilab beradigan
«Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal»
degan tamoyilda
hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini alohida
ta ’kidlab o ‘tmoqchimart»'. (ta’kid bizniki-m uall.)
Shundan
kelib chiqib aytish mumkinki, 0 ‘zbekiston Respublikasi
haqiqiy (iqtisodiy) mustaqilligini ta’minlashning g‘oyat muhim omili
bo‘lgan g‘alla mustaqilligi iqtisodiy siyosatimiz markazida turganligi bejiz
emas. Bugungi kunda mamlakatimizning 1. 3 million gektar yer maydonida
g‘alla yetishtirilmoqda. Oqibatda, mamlakatimizning don mustaqilligi juda
tez sur’atlarda ta ’minlandi.
Yerga bo‘lgan e ’tibor, uni qadrlash, har
bir qarich yerdan unumli
foydalanish borasida o ‘tkazilayotgan agrar siyosat natijasida g ‘alla
hosildorligi muttasil ortib borayotir. Bunga Andijon viloyati erishayotgan
yutuqlar misol bo‘la oladi. 2002-yilda viloyat dehqonlari har gektar yerdan
o ‘rtacha 76 sentnerdan hosil yig‘ib oldilar. Sam arqand, F arg‘ona,
N amangan, Toshkent viloyatlarida ham g‘alladan yuqori hosil olishga
harakat qilinmoqda.
Agrar sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tarm oqning
samaradorligini
oshirib borish, qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini
bozor talablariga muvofiqlashtirish, kasod holatidan iqtisodiy sog‘lomlash-
tirishga qaratilgan «Sanatsiya to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimizda yerga
bo‘lgan munosabat umummilliy ahamiyatiga molik vazifa ekanligini
tasdiqlaydi.
Demak, «Avesto»dagi iqtisodiy g‘oyalar qandaydir mavhum, quruq
fikrlar yig‘indisi bo‘lmay, balki qudratli moddiy kuchga egadir.
Uning
iqtisodiy g ‘oyalari asrlar osha o ‘z zam ini—0 ‘zbekistonda reallikka
aylanmoqda, respublika prezidenti va hukumatining iqtisodiy siyosatida
mujassamlashmoqda.
Dostları ilə paylaş: