o ‘z davri uchun yaroqlilarini ajratib olgan, himoya qilib kelgan. Shunday
ekan uning predmetini chuqur o ‘rganish, tabiiyki, umummilliy, o ‘ziga
xos tadqiqot va tahlil uslublarini qo‘llashni taqozo etadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligining mualliflari Sh.
Shodmonov, R.
Alimov, T. Jo‘rayevlar fan predmetini o‘rganish uslubiyati haqida shunday
yozadilar: «Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari,
qonun-qoidalari va aniq hodisalardir. Bu obyektiv maqbullikni bilish
dialektikasi, mantiq va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir.
Uslubiyat umummilliy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan
kelib chiqib, o ‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun
uslubiyat umummilliy va ayni vaqtda xususiy b o ia d i1».
Shuni aytish kerakki, «Iqtisodiy ta ’lim otlar tarixi», eng aw alo ,
«Iqtisodiyot nazariyasi» bilan chambarchas bog‘liq fandir. Zero, uning
predm eti iqtisodiyot nazariyasida qoilanilgan
iqtisodiy qonunlar va
iqtisodiy kategoriyalaming mohiyatini, ularning kim va qachon ochib
bergani, qanday tarixiy sharoitda vujudga kelganligini, qanday m uno-
zaralar, ilmiy bahslar orqali fanga kirib kelganligini tavsiflaydi. Bundan
xulosa shuki, «Iqtisodiyot nazariyasi»ni o ‘rganishga jalb etilgan uslublar
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fani uchun ham mosdir.
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o ‘rganishda keng qo‘llaniladigan
uslublardan biri-mantiqiylik va tarixiylik birligi usulidir. Iqtisodiy ta’limotlar,
konsepsiyalar, g‘oyalar m a’lum tarixiy sharoitlarda yuzaga keladi. Biroq
ulaming o ‘sha tarixiy iqtisodiyot davr ruhini
ilmiy aks ettirish mantiqiy
yondashuvni taqozo etadi. Bu yerda tarixiylik mantiqiy yondashuvni inkor
etmaydi, bir-biriga qarshi turmaydi. Masalan, qiymat kategoriyasi haqida
turli tarixiy davrlarda turlicha talqinlar bayon qilingan edi. Biroq, ulaming
zamirida qiymatning tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabat ekanligi to ‘g‘risidagi tavsifi mantiqan maqbul g'oyadir, boshqa
fikrlar esa shuning atrofida talqin qilinadi.
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi»ni o ‘rganishda «materialistik emprizm»
usulidan keng foydalaniladi. Emprizm-Fikrlar, tajriba, iqtisodiy tahlilning
boshlang‘ich, iqtisodiy taraqqiyot qonunlarining amal qilish bazasidir.
K o‘pgina iqtisodiy g‘oyalami o ‘rganishda o ‘sha tarixiy davr faktlarini
to ‘plash, ulami umumlashtirish asosida xulosa chiqarish muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayni chog‘da, arxeologik qazilmalar tufayli olingan m a’lumotlar,
eksponatlar ham u yoki bu iqtisodiy g‘oyalami,
qarashlami bilib olishga
xizmat qiladi. Demak, olingan aniq axborot materiallari u yoki bu iqtisodiy
ta ’limotning tarixiy jihatlarini bilib olishga yordam beradi.
1 Iqtisodiyot nazariyasi, darslik. Т., «M oliya», 2002, 29 —bet.
8
«Iqtisodiy ta ’limotlar tarixi» fanini o'rganishda eksperiment-tairiba
usuli ham qo‘l keladi. Zero u yoki bu iqtisodiy ta ’limotning qanchalik
hayotiy, amaliyot uchun, samarali xo‘jalik faoliyatini tashkil etish uchun
yaroqli-ligini bilib olishda eksperiment usulga asoslanish mumkin. Masalan,
Prezidentimizning 0 ‘zbekistonning bozor munosabatlariga o ‘tish konsep-
siyasi mamlakatimiz misolida 90-yillar boshlaridanoq xususiylashtirish
va iqtisodiyotni erkinlashtirish tarzida o ‘rganiladi. Endilikda esa 0 ‘zbekiston
tajribasi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan andoza sifatida
e’tirof etilmoqda.
Ushbu fanni tadqiq etish va uni o‘rganishda ilmiv abstraksiva usulining
aham iyati ham m uhim dir. G ap shundaki,
iqtisodiy m unosabatlar,
g'oyalar, qarashlar, qonun va kategoriyalar shu qadar ko‘p, rang-barang,
mazmun va shakl jihatidan turlicha darajadadirki, ulam i birdaniga, bir
vaqtda bilib olish mumkin emas. Bunday sharoitda ana shu murakkab
ichki sabab-oqibatli, bog'lanib ketgan iqtisodiy g‘oyalar ichidan biz uchun
hozirgi damdagi ilmiy ehtiyojimizni qondirish uchun eng muhimi va
keraklisini ajratib olish ilmiy bilishning dolzarb masalasiga aylanadi.
Ilmiy
abstraksiya usuli aynan o ‘rganilayotgan voqealikdan tashqi ta’simi hisobga
olmay, predmetning asosiy mohiyatini ifodalaydigan tom onni ajratib
olishga xizmat qiladi. Fanni o ‘rganuvchi shaxs asosiy yetakchi g'oyani-
ta ’limotni ajratib olib, uning yordamida boshqa ikkinchi, uchinchi h. k.
qarashlar mohiyatini bilib oladi. Pirovard oqibatda barcha iqtisodiy
ta’limotlar, g'oyalar, qarashlar bir butun majmua, tizim tarzida anglab
olinadi, tafakkurga joylashtiriladi.
Yuqorida e’tirof etilgan ilmiy bilish usullari yordamida «Iqtisodiy
ta ’limotlar tarixi» predmeti aniqlashtiriladi, uning tarkibiy tuzilmasi ishlab
chiqiladi. Ushbu darslikni yozishda ham umummilliy, ham xususiy bilish
usullariga yondashilib, uning tarkibi tuziladi. Biz «Iqtisodiy ta ’limotlar
tarixi» fanini o £rganishni aynan «Avesto» iqtisodiy g‘oyalaridan boshlashni
lozim topar ekanmiz, bunda tarixiylik va mantiqiylik birligi, materialistik
emprizm, ilmiy abstraksiya usullari talablaridan kelib chiqdik.
Boshqa
mavzulaming dialektik bog‘liqlik masalasida ham yuqoridagi mulohazaga
asoslandik.
9