davlatga va korporatsiyaga taqsimlanishga olib keladi. Natijada yalpi sinf- davlat amaldorlari va menejerlar shakllanib, jamiyatning imkoniyatlari ulaming qo‘liga o ‘tadi. Albatta, klassik liberalizm o ‘zgarishsiz qolmadi. U jamiyatdagi turli oqimlar, qarashlar, g‘oyalar ta’sirida o ‘ziga xoslik, yangilanish kasb etib bordi. Ana shunday yangi liberalizm oqimidan biri- «sotsial bozor xo‘jaligi» g‘oyasidir. Unga ko‘ra, bozor shunday ajoyib adolatli erkin mexanizmdirki, u talab va taklif qonuni ta’sirida narxlarni shakllantiradi, ya’ni bozor narxini vujudga keltiradi, u esa resurslami kerakli, samara beradigan jabhalarga qarab taqsimlaydi. Faqat erkin bozor narxi vositasidagina bozor muvozanatiga erishiladi. LiberaUzm nazariyasi, umuman iqtisodiyotni tartiblashtirishga qarshi emas. Faqat bu vazifani davlat emas, bozor va undagi narx bajargani ma’qul. Liberalizmda sotsial-institutsionalizm ta’siri ham yo‘q emas. Bu ta’sirni, shunda ko‘rish mumkinki, go‘yo bozor iste’molchi uchun rag‘batlantiruvchi kuchga ega, u iste’molchiga o ‘z talabini qondirish uchun 148
tanlab olish imkoniyatini beradi. Iste’molchining rag‘batlantirganligi tufayli iqtisodiy o ‘sish ham barqaror tus oladi. Nazariya tarafdorlari iqtisodiyotning me’yoriy ko‘rsatkichi sifatida «iqtisodiy hayotning sotsialligi» (ijtimoiylashuvi) darajasini ilgari suradilar. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiy o ‘sish va barqarorlikka faqat iqtisodiy vositalar bilan erishish qiyin, ular yoniga (ijtimoiy) qadriyatlami ham qo‘shish orqali hayotni sotsiallashtirish mumkin. Liberalizmda inson, uning qadr-qimati, hayot tarzi, farovonligi kabilar muhim ahamiyatga ega. Awalo, insonning o ‘zi o‘z farovonligi uchun kurashishi kerak. Biroq