-deb yozgan edi Abdurauf Fitrat. Raqobat kimlami sindiradi, degan savolga Mahmudxo'ja Behbudiy shunday javob beradi: «Oxirgi vaqtlarda biz-turkistonliklar tijorat, hatto, ziroat va do‘kondorlik ishlarida na uchun sinamiz? Muning eng birinchi sababi-ilmsizlik, to‘g‘risi aqlsizligimizdir3». «Mundan boshqa yana sinmoqimizga sabab tariyqi tijoratni, mol olish va sotish joyini bilmaganimiz, paxta va boshqa g‘alla to‘g‘risida Amriqo, Afriqo va Ovropo bozor va ziroatlarini holidan, bo'lgan va bo‘lmaganidan 1 Oybek. Qutlug1 qon Т.. 1190, 82-bet
2 A.Fitrat.Tanlangan asarlar. I -jild, «Hind sayyohining bayonoti» T .2000, 143-bet
3 M.Behudiy. Tanlangan asarlar 2 —nashri, «Zo'raki boy» T,, 1999, 163 —bet
154
bexabarligimizdir... Eng oxirgi sabab sinmog‘imizga shulki, tijorat maydonida nodonligimizdan boshqalar tarafidan aldanarmiz1». M a’lumki, iqtisodiy o ‘sish va barqaror rivojlanishning muhim omillaridan biri-milliy iqtisodiyotning bir yoqlama tarkibda bo‘lishi ya’ni xomashyo ishlab chiqarib, uni arzon narxda xorijga sotishga asoslangan iqtisodiyotdir. Iqtisodiy islohotlarning bosh yo‘nalishi ham, Prezidentimiz I. Karimov qayta-qayta ta’kidlayotganidek, milliy Iqtisodiyotimiz tarkibini o ‘zgartirish, jahon bozoriga tayyor mahsulotlar bilan chiqishdir. Bu zaruratni o ‘tgan asr boshlaridayoq, jadidlar idrok etgan, bizni bu haqda ogoh etib o ‘tgan edilar. Bu haqda M. Behbudiyning quyidagi so‘zlari g'oyat o ‘rindir: «Turkiston mevasi, donasi, toshi, tufrog‘i eski nimarsalari Ovrupa bozoriga ketar. Muni Ovrupo dallollari kelib oz bahoga olib ketar, mehnatni biz qilurmiz, foydani ular ko‘rar. 0 ‘z nimarsamizni Ovrupa bozoriga eltib, yaxshi bahoga sotaturgon bizda bir odam yo‘q. Azbaski, Ovrupa ila savdo