Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi


iqtisodiy ma’no yashiringan: birinchidan, muallif pulni ne’mat ya’ni



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

iqtisodiy ma’no yashiringan: birinchidan, muallif pulni ne’mat ya’ni
mehnat bilan yaratilgan ma’lum qiymat, uning ifodasi degan ilmiy fikmi
bildiradi; ikkinchidan, pul tadbirkomi ishbilarmonni yoqtirishi, faqat
ana shunday kishilar qo‘lida pul, mol-dunyo ko‘payajagini uqtiradi.
Har zamonda insonning maqsadi erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa,
«bu zamonda maqsadga yetmak uchun, -deb yozadi Abdulla Avloniy, -
o ‘z millatiga xizmat qilmoq maqbul bo‘lmak uchun ilm va mol lozimdur.
Olamdagi millatlaming hoi va qudratlari mol va boyliklardandur. Har
yerda boy millatlar og‘ir kelub, faqirlarga yengil kelub qul va asir bo‘lib
qoladur...2».
Iqtisod ilmida'n boxabar bo‘lgan kishilar har doim qiladigan sarf
harajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar. Olim misol
keltirib aytadiki, ilmdan yaxshi xabardor b o ig a n amerikalik va
yevropaliklar iqtisodiy bilimliklari tufayli, farovon to‘q yashaydilar. U
yozgan edi: «Bobolarimizning bo‘lsa bo‘lar, bolmasa g‘ovlab ketar»
zamonlari o‘tub, o ‘miga «bilg‘on bitar, bilmagan yitar» zamoni keldi.
Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar.
Yevropaliklar o ‘zimizdan olgan besh tiyinlik paxtamizni keturub,
o‘zimizga 25 tiyinga soturlar3».
Jadidlarning ulug‘ namoyandalaridan biri Abdurauf Fitrat ham iqtisod
ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o ‘qitishimiz
lozimligiga da’vat qilgan edi. U vatandoshlarga, millatdoshlariga murojaat
qilib shunday deb yozgan edi: «Sizlar o ‘z farzandlaringizni tijorat
maktablariga yuborib, savdo ishiga o ‘qitingiz, chunki begonalar (xorijiy
savdogarlar-muallif.) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz4».
1 A. Avloniy. Tanlangan asarlar. 1 — jild «Mukammal insonni o'ylab». T, 1998, 37 —bet
2 A. Avloniy. Guliston yoxud axloq. Т., 1967. 33 — 34— betlar
3 A. Avloniy. Tanlangan asarlar. 1 —jild, Т., 1998. 57 —58 —betlar
4 A.Fitrat. Tanlangan asarlar. 1—jild «Hind sayyohi bayonoti» Т., 2000, 167 —bet
153



Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin