«oxirgi vaqtlarda Turkistonliklar tijorat ishlarida sinib» borayotganini achinib e’tirof etadi. Tijorat sohasida sinish, raqobatsizlik sabablari haqida mushohada qilib, quyidagi sabablami ko'rsatgan edi: Birinchi - «nozoalla. hisobsizlik, aql va tarbiyasizlik bizni barbod etdi»; ikkinchi-naf va zararimizni bilmaganimiz, tijorat ishi va ahli zamondan bexabarligimizdan, xulosa-jaholat va nodonligimizdandir; uchinchi- 1 A.Avloniy. Tanlangan asarlar. 1-jild. Ma'rifatparvar shoir, Т., 1998, 56-bet
158
«qo‘ldagi bor nimarsalarimizni to‘y va azog‘a, behuda odatlarg'a sarf etarmiz. Ko‘rpamizga qarab oyoq uzatmaymiz. Qarz ila imorat, to‘y qilarmiz. Isrofqilarmiz1», to‘rtinchi- «Mundan boshqa yana sinmog‘imizga sabab tariyqi tijoratni», dunyodagi bozor ahvolini, qayerdan mol olib, qayerda sotish mumkinligini, axborot olishni bilmaganimiz2». 6. Xorij texnika-texnologiyasi, sarmoya va tajribasini jalb etish- milliy taraqqiyotning kuchli omili Jadidlar harakatining yetuk namoyandasi boigan Abdurauf Fitrat o ‘z Vatanini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'liga va xalqini farovon hayot tarziga ohb chiqishning asosiy yo‘li Turkistonga Yevropa fani, madaniyati, texnika, texnologiyasi, sarmoya va ilg‘or tajribasini keng miqyosda va tez sur’atlar bilan kiritishda deb bildi. Bu yo‘lda ikkilanish, g‘ayridin ilmi va texnikasini kiritishdan cho‘chimaslik, sarosimaga tushmaslik, oriyat qilmaslik kerak, deb ta’lim berdi. Chunki, -deydi olim, - Yevropa xalqlari ham bir vaqtlar g‘oyat qoloq va qashshoq bo'lishgan bir davrda Sharq fani, madaniyati, tajriba va amaliyotini qo‘llash orqali yuksak taraqqiyotga chiqib olganlar. Zero, bundan 1000 yillar ilgari Yevropa xalqlari iqtisodiy