Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
chiqqan Buxoroning yetuk ma’rifatparvarlaridan biri, keyinchalik, 0 ‘zbekistonning davlat arbobi bo‘lgan Fayzulla Xo‘jayev qorako‘lchilikni rivojlantirish haqida gapirib, uni Yevropa bozorlariga chiqarishni davlat yo‘li bilan yengillashtirish bu qimmatbaho xomashyoni kontrabanda yo‘li bilan chetga chiqib ketishiga chek qo‘yajagini uqtiradi; U Buxoroda yerga ishlov berishni zamonaviy texnika asoslariga ko‘chirish zarur, bu 1 M.Behudiy, Tanlangan asarlar. 2 — nashri,««Ehtiyoji millat» 1999, 200 —bet
2 O 'sha asar, o'sha joyda
156
esa dehqonchilikni intensivlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yangi texnolo- giyalarni joriy etish imkonini beradi, deb ko‘rsatdi. Jumladan, Buxoro zaminida ham Misr, Amerika kabi mamlakatlardagi qishloq xo‘jalik tizimlari, mashinalar majmuasini qo‘llashga olib keladi. U ilg‘or texnologiyani qoilashning tajriba dalalarini va mashina ijara punktlarini tashkil etish, ilg'or tajribani ommalashtirish maktablari tashkil etib, ularda darslar uyushtirish, qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlarni chop tarqatish, etib, mutaxassislami qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarga ekskursiya va xizmat safarlariga yuborish yaxshi natijalar keltiradi, deb uqtiradi. F. X o‘jayev Buxoro qishloq xo'jaligini rivojlantirish omillaridan biri irrigatsiya va melioratsiya ishlarini avj oldirish va bu masalada davlat dasturi ishlab chiqish lozimligigae’tibor qaratgan edi. Shuningdek, u ipakqurti urug‘i yetishtirishni yaxshilash yo‘li bilan mamlakatda pillachilikni rivojlantirishga oid takliflar ilgari surgan edi. Yuqoridagi iqtisodiy fikrlardan ko‘rinib turibdiki, o ‘zbek jadidlari, ulaming yetuk arboblari Vatanimiz ozodligi va mustaqilUgining moddiy