Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
musulmonlar uchun halol amallardan ekanligi muqaddas «Qur’oni karim»da, muborak «Hadis»larda uqtirilganini ta’kidlaydi. U savdo va tijoratning ham o ‘z yarashiqlari, tamoyil-u-qoidalari mavjud, deydi. Yana u quyidagi fikrlami ilgari suradi: birinchidan, savdo va tijorat ishida Vatan, millat, xalq manfaatlari hisobga olinishi, ikkinchidan, bu ishda tijorat ahli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni zamonaviy sanoat asosiga qurishda yordam ko‘rsatishlari, sohibkorlarga amaliy madad berishlari, tovarlarni arzonlashtirish yo'llarini izlashlari, uchinchidan, yevropaliklardan savdo va tijorat qilish ilmini hamda foyda olish zamirida madaniy savdo xizmati ko‘rsatishni o ‘rganishlari lozim. Ayni chog‘da, olim foyda va daromad olishning birdan-bir yo‘li tijorat va savdo emas, balki boshqa iqtisodiy faoliyat turlari bilan ham shug'ullanib, Turkistonni ozod va obod qilishga chaqirgan edi. Jadidlaming yana bir yirik vakili Abdulla Avloniy quyidagi g‘oyalami ilgari surgan edi: Bugungi dunyoda davlatlar boshqalar boyligini urushlar qilib egallab olish usulidan voz kechdi. «Bu kunda madaniy millatlar umshlarni tijorat va sanoatga aylantirdilar va bu soyada g‘alaba va raqobat qila boshladilar. Sehigarlik va jodugarlik ila emas, tijorat, sanoatgirlik ila cholishqon Yevropo, Afriko va Osiyoni o‘ziga asir va musaxhar qilmoqdadur1». Bu yerda muallif Turkistonliklami tijorat ilmini chuqurroq egallab, boshqalarga to’be bo‘lib qolishdan saqlanishga chaqirdi. Darhaqiqat, dunyoning ilg‘or davlatlari o'zida sanoatni rivojlantirib, boshqalar resurslari evaziga savdoni avj oldirib katta foyda olmoqdalar, o ‘zlariga iqtisodiy jihatdan qaram qilmoqdalar. Mahmudxo'ja Behbudiy ham bu masalaga jiddiy e’tibor bergan edi. U