zamininga asos qilib aholining turmush darajasi o'sganini, xizmat ko'rsatish sohasining keng qo‘llanilishini, iqtisodiyotda alohida axborot sektorining ajralib chiqishini oladilar. Albatta, bulaming hammasi o ‘tgan asming 50- yillaridan boshlangan ilmiy- texnika inqilobi bilan bog‘lanadi. Agar «industrial jamiyat»da iqtisodiyotning asosiy muammosi sanoat korporatsiyasini boshqarish ishi bo‘lgan bo‘lsa, «postindustrial» bosqichda bosh xo'jalik muammosi «axborot iqtisodiyoti»ni yaratadigan sohalar- universitetlar, ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati markaziy o‘rin egallaydi. Bunday sharoitda mulk asosiy rol o'ynamay qo‘yadi, u shunchaki «huquqiy baza» bo‘lib qoladi, korporatsiya esa xususiy mulk instituti va iqtisodiyotni tashkil etish shakli sifatidagi ahamiyatini yo'qotadi. Bunday sharoitda insonning jamiyatdagi o‘rni, uning farovonligi boylik egasi ekanligi bilan emas, balki kasb-hunar va bilim darajasi bilan belgilanadigan bo‘lib qoladi, odamlarning turmush tarzi butunlay, shaharlarning roli o'zgaradi, axborot harakati tufayli qayerda ishlashning ahamiyati qolmaydi. 146
Demak, ilmiy —texnika inqilobi, texnikaning o'sishi, ilm- fanning yetakchi kuchga aylanishi nafaqat iqtisodiyotni, uning asosida butun jamiyat hayotini o ‘zgartirib yuboradi, odamlar sotsial institutlar, sotsial omillar vositasida sotsial tenglik tarzida hayot kechira boshlaydi. Biroq bozor munosabatlari, raqobat kurashi hozirgi zamonning asosiy harakatlan-tiruvchi kuchi bo‘lib qolar ekan, tabaqalashuv, hayot tarzining noan’anaviy shakllari o ‘ziga yo‘l topib borishi tabiiydir. 3. Liberalizm ta’limoti XX asming iqtisodiyot ta’limotlari tarixiga kirgan ta’limotlaridan biri