Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
I 2. «Hadislar»dagi iqisodiy qadriyatlar /«Iqtisodiy t a ’lim o tla r tarixi»ni o 'rg a n is h d a islom iqtisodiy
qadriyatlarining eng yirik manbalaridan biri
«Qur’oni karim» bo‘lsa,
keyingisi
Hadisi sharifdir. Ushbu manbalar o'zining hayotiyligi bilan
faqatgina Uyg‘onish davri 0 ‘rta Osiyodagi, Amir Tem ur va temuriylar
dayri, XX asr boshlaridagi o'zbek iqtisodiy ta ’limotlaridagina emas, balki
0 ‘zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davridagi iqtisodiy ta ’limotlami
yaratishda ham e ’tiborga olinayotgani Hadisdagi iqtisodiy qadriyatlar katta
hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
j Bozordagi munosabatlar haqida. Bozorda har xil iste’mol n e’matlari
swtiladi. Biroq, aynan bir xil iste’mol buyumlari ham almashishi mumkin.
Payg‘ambarimiz qimmatbaho metallar savdosi misolida buni tushuntiradi.
Bu yerda shunga e ’tibor berish kerakki, oltinni oltinga sotish mumkin,
lekin qanday ko‘rinishda, og‘irlikda, bunda biror tom on afzallikka egami?
Kumushni oltinga, oltinni kumushga sotish mumkinmi?
«Oltinni oltinga (ular tanga yoki biror buyum shaklida bo'ladimi yoxud
quyma bo‘ladimi, bundan qat’iy nazar) bir-biriga teng og'irlikda sotingizlar,
birini ikkinchisidan afzal qilmangizlar. Kumushni kumushga ham aynan
shu tarifa sotingizlar! Savdolashib'turgan yeringizdan jilmay turib, bir-
biringizni molingizni qo‘lga olingizlar!1»
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sotuvchi ham o ‘z molining
aybini yashirmasligi, harid qiluvchi ham pul berishda g‘irromlik qilmasligi
lozim, faqat shundagina savdoda baraka bo‘ladi, agar har ikkala tomon
ham bir-birini aldasa, g‘irromlik qilsa, bu savdo halol savdo emas. Savdo
halollikni yoqtiradi va shuning uchun sotuvchi ham, oluvchi ham rost
gapirishi shart.
Savdo-sotiqdagi halollikda dastlab sotuvchining o ‘z moliga adolatli,
insofli, har ikkala tomonga ham manzur b o la rli darajada narx qo'yishi
bilan boshlanadi. Chunki sotuvchi mol egasi bo'lgani uchun dastlabki
narxni haridorga birinchi bo‘lib taklif etishga haqlidir.
Hadisdagi rivoyatlarda:
«Kimki biror oziq-ovqat mahsulotini k o ‘tara sotib olgan bo ‘Isa, uni uloviga ortmay (ya ’ni sotib olingan yeridan bo ‘lak joyga olib bormay) turib qayta sotib yubormasligi kerak, chunki tijorat odobi shuni taqozo qilur» (54-bob), deyiladi. Amalda tijoratning bunday
odobiga qattiq amal qilingan, odobsizlik qilganlami esa kaltaklaganlar.