2. Marksizm iqtisodiy ta’limoti tizimi
Marksizmning iqtisodiy ta’limoti XIX asming 40-70- yillarida shakllandi.
U K. Marks va F. Engelsning qator iqtisodiy asarlarida ishlab chiqildi.
Garchi ta’limot
K.
Marks nomi bilan atalsa ham, uning shakllanishi va
yoyilishi
F.
Engelsning ilmiy va siyosiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Zero
marksizm iqtisodiy nazariyasining tamal toshlari Uning ilk asarlari bilan
qo‘yilgan edi. F. Engelsning 1842- yildan boshlaboq e’lon qilingan bir
qator iqtisodiy maqolalarida Angliyadagi iqtisodiy jarayonlar tahlil
qihngan, mamlakatda ichki ziddiyat chuqurlashib, ishchilar sinfining
ahvoU og‘irlashib borayotgani haqida yozilgan edi. Uning «Angliyada
ishchilar sinfining ahvoli» nomli asarida (1845-yil) Angliya kapitalizmining
iqtisodiy hayoti tahlil qilindi, ro‘y berayotgan bo‘hronlar sanoat sohasida-
gi keskin o‘zgarishlar natijasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar tarkibidagi
chuqur o‘zgarishlar in’ikosi ekanligi qayd etildi..
1845- yildan boshlab F. Engelsning Marks bilan ilmiy hamkorligi
boshlandi, ularning hammualliflikdagi birinchi asari- «Nemis idealogiyasi»
bo‘ldi. Unda birinchi marta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning
mohiyati, o‘zaro almashish obyektivligi haqidagi g‘oyalar bayon qilindi.
K. Marksning «Falsafa qashshoqligi» asarida yangi iqtisodiy qonun va
kategoriyalar bayon qilindi. Jumladan, iqtisodiy kategoriyalarga tavsif
berildi, ular real ishlab chiqarish munosabatlarining ilmiy in’ikosi, deb
ta’riflandi, unda «ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteriga ishlab chiqarish
m unosabatlarining mos kelishi iqtisodiy qonuni» ochib berildi.
Marksizmning formatsiyalarning inqilobiy almashuvi haqidagi xulosalari
aynan ana shu iqtisodiy qonun harakatiga ko‘ra borishi asoslandi.
K. Marksning 1849- yilda nashr etilgan «Mehnat va kapital» asarida
qiymat va qiymat qonuni haqida qarashlar ilgari surildi. Unda qiymatning
chuqur iqtisodiy munosabat ekani, u real xo'jalik hayotida baholar
116
vositasida ularning qiymat atrofida qalqishi orqali harakat qilishini
tushuntirib berdi. Yuqorida qayd etilgan asarlar K. Marksning kapitalistik
ishlab chiqarish usulini chuqur o‘rganishga jiddiy qaraganidan, u endi
yirik iqtisodiy asar yozishga kirishganidan darak beradi. U 1857-58- yillarda
«Kapitabning birinchi varianti qo‘lyozmalari, 1861-63- yillarda «Kapital»
asarining ikkinchi qo‘l yozma variantini ishlab chiqdi. Bu ishlarda u tovar
ishlab chiqarish, uning tarixiy shakllari, yer rentasi va uning ko'rinishlari,
qiymat, pul va uning kelib chiqishi, kapital va uning shakllari, ilmiy-
texnika taraqqiyoti, fabrikalarda mashinalardan foydalanish oqibatlari,
ijtimoiy kapitalning takror hosil qilinishi masalalaridagi o‘zining dastlabki
qarashlarini ilgari surdi.
Albatta, marksizm iqtisodiy ta’limotida bosh asar- «Kapitabning alohida
o‘rni bor. U K. Marks muallifligida chiqqan bo‘Isa ham, aslida, unda
Engelsning katta hissasi borligini e’tirof etish lozim. Bu asar 4 ta jild, 7 ta
kitobdan iboratdir. Uning birinchi jildi «Kapital ishlab chiqarish jarayoni»
deb nomlanib, 1867- yilda nashr etildi. Bu jildda tovar, uning xususiyatlari,
tovarda gavdalangan mehnatning ikkiyoqlama xarakteri, tovar fetishizmi,
pul va uning kelib chiqishi, pulning kapitalga aylanishi, qo'shimcha qiymat
va uni ishlab chiqarish, qo‘shimcha qiymat, uning shakllari, uning kapitalga
aylanishi, ish haqi va uning ish kuchi qiymatining pul shakli ekanligi,
kapitalning jamg'arilishi va uning oqibatlari bayon etilgan. Mana shu jildda
qo‘shimcha qiymatning mohiyati, u kapital mahsuli va uning jamg‘arish
manbayi ekanligi, u ishchilarga to‘lanmay qolgan qiymat ekanligi, yangi
tuzumning asl mohiyati qo‘shimcha qiymatni ekivalentsiz o'zlashtirishdan
iborat ekanligi tavsiflanadi.
«Kapital» asarining 2-jildi 1885- yilda F. Engels tomonidan nashr
etiladi. Uning mavzusi kapitalning muomala sohasidagi harakatini tahlil
etishdir. Unda kapitalning aylanish va doiraviy aylanishi, bu jarayonda
kapitalning uch funksional shaklga kirishi, takror ishlab chiqarish jarayoni
va uning shakllari, jami ijtimoiy mahsulot va uning qiymat va buyum
jihatdan tuzilishi, ijtimoiy ishlab chiqarishning ikki bo'linmasi va ular
o‘rtasidagi realizatsiya sharoitlari tasvirlanadi.
«Kapitabning 3-jildi ham F. Engels tomonidan nashrga tayyorlanib,
1894- yilda chop etildi. Unda kapitalning ishlab chiqarish va muomala
jarayonlaridagi harakati yaxlit olib o‘rganilgan. Unda qo‘shimcha qiy
matning kapitalistlarning turli sinflari daromadlariga aylanishi, ularning
sinf sifatida ishchilarga qarshi turishi, savdo va ssuda kapitallarining harakati,
yer rentasi tahlili o'rin olgan.
117
«Kapital» asarining 4-jildi esa 1905-1910- yillarda nashr etildi. U
«Qo‘shimcha qiymat nazariyasi» deb ataladi va qo'shimcha qiymat atrofida
Marksgacha bo'lgan iqtisodchilar qarashlari tanqidiy tahlil qilinadi.
Siyosiy iqtisod fani rivojida F. Engelsning «Anti Dyuring» nomli asari
alohida o‘rin tutadi. Bu asar 1878- yilda e’lon qilindi. Unda siyosiy iqtisodning
predmeti ham tor, ham keng ma’nolarda tavsiflab boriladiki, bu fanni
tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu asarda marksizm ta’limotining
hamma qismlari ensiklopedik asnoda tushuntirib berildi. Engelsning «Oila,
xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asari ham iqtisodiyot
nazariyasi tarixida muhim o‘rin tutdi. K. Marksning 1875- yilda yozilgan
«gota programmasining tanqidi» asari uning marksizm qarashlarming
umumlashmasi sifatida maydonga chiqdi. Unda proletar diktaturasi,
kommunistik ishlab chiqarish usulining vujudga kelishi, uning ikki - quyi
va yuqori fazalaridan iborat bo‘lishi, har ikki fazadagi taqsimot
munosabatlarining qanday bo‘lishi bashorat qilingan edi.
Dostları ilə paylaş: |