Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

TAYANCH IBORALAR:
Marksizm iqtisodiy ta’limoti. 
Marksizm ta ’limotidagi tayanch 
nazariya, u kapitalistik iqtisodiy tizimning asoslarini, uning ishlab chiqish 
munosabatlarini, iqtisodiy tizimning tahlili va yangi jamiyat vujudga 
kelishining iqtisodiy qonuniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Marksizm 
mustaqil dunyoqarash sifatida o‘sha davming yetakchi siyosiy kuchi bo‘lgan 
proletariatning mafkurasini tashkil etadi.
«Kapitab. 
K. Marksning bosh iqtisodiy asari. Unda K. Marks mavjud 
kapitalistik jamiyat iqtisodiy organizmini tahlil etgan. Uning iqtisodiy 
asoslarini, takror ishlab chiqarish xususiyatlarini, iqtisodiy qonunlari va 
kategoriyalari mazmunini va harakat mexanizmini ochib beradi. Asarda 
xususiy mulkchilikka iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni bo‘g‘ib turuvchi, 
jamiyatdagi barcha ziddiyatlarning bosh sababchisi deb qaraladi. Asar 4 ta 
jilddan iborat bo‘lib, 1-jildda qo‘shimcha qiymat ishlab chiqarish, 2- 
jildda kapitalning aylanishi, 3-jildda kapitalni ishlab chiqarish va muomala 
jarayonining birgalikda olingan harakati o‘rganilgan. «Kapital»ning 4-jildi 
qo‘shimcha qiymat haqidagi nazariyalar tanqidiga bag‘ishlangan. Kitobning 
birinchi jildigina 1867- yilda, Marks hayotligida nashr etilgan, keyingi 
jildlari Marks vafotidan keyin nashr etilgan.
Qo‘shimcha qiymat. 
K. Marks tomonidan iqtisod fanida qilingan ilmiy 
ixtiro deb ta’rif etiladi. Qo‘shimcha qiymat, Marks ta’limotiga ko‘ra ishchilar 
tomonidan qo‘shimcha ish vaqtida yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning 
kapitalistlar (mulkdorlar) tomonidan tekinga o ‘zlashtirib olingan alohida 
ijtimoiy shaklidir. Qo‘shimcha qiymat miqdori korxonalarda ishlayotgan 
yollanma ishchilar soni va ularni mehnat unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Marks qo'shimcha qiymatning ikki xil shaklini ko‘rsatdi: nisbiy qo‘shimcha 
qiymat va absolyut (mutlaq) qo‘shimcha qiymat. Lekin ularning birligi 
mavjud, ya’ni nisbiy qo‘shimcha qiymat absolyut qo'shimcha qiymatdir, 
absolyut qo'shimcha qiymat nisbiy qo'shimcha qiymatdir.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin