asoslangan iqtisodiy tizimning yaratilishi, iqjtisodiyotni
va butun ijtimoiy
siyosiy hayotni yagona kommunistik m afkura bilan boshqarilishi, xususiy
mulkning har qanday ko'rinishini inkor etilishi, raqobatchilik muhitining
yo‘qotilishi, uning o'miga sotsialistik musobaqa
degan munosabatning
joriy qilinishi, tovar ishlab chiqarish va t ovar-pul
munosabatlarining
sotsializm uchun mutlaqo yot deb e’lon qilinishi, tadbirkorlik va ishbilar-
monlikka yo‘l berilmaganligi, ma’muriy-buyruiqbozlik va markazlashtirilgan
rejalashtirish tizimining qat’iy belgilab qo'yilishi, o‘z imkoniyatiga qaramay
boshqa davlatlar ham sotsialistik yo‘lga kiri shlari uchun ularga iqtisodiy
yordam berilishi va qo‘llab-quwatlanishi, asossiz ravishda qurollanish
poygasida ishtirok etilishi. «AQSH ga yetib olish va undan o ‘zib
ketish
uchun» kurashga kirishi va boshqalardir. Boshcqacha aytganda,
umuminsoniy
taraqqiyotga zid keluvchi omillarni asos qilib olinishi jamiyat va davlatning
inqiroziga olib keldi.__
To‘g‘ri, sotsialistik taraqqiyotning dastlabki davrlarida mamlakatda biroz
iqtisodiy rivojlanish bo'ldi ham. Bu o ‘sishga, asosan, iqtisodiy dastaklar
vositasi bilan emas, balki ekstensiv (resurslarni tejamsiz iste’mol qilish)
usulidan foydalanish bilan erishildi. Katta fesurslami jalb
qilish evaziga
og‘ir sanoatning ustuvor rivojlanishiga urg'd berildi, xalq iste’moli tovar-
lari va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga kam e’tibor berildi. Bu
esa aholi moddiy farovonligining o ‘sib bofishiga to ‘sqinlik qildi, sovet
xalqining turmush darajasi G ‘arbdagi davlatlardagi turmush darajasidan
keskin orqada qolaverdi. Bu, o ‘z navbatida, xalqning tuzumga, davlatning
iqtisodiy siyosatiga noroziligini uyg'otayotgan edi.
Bulaming hammasi
sotsialistik tuzumning, sotsialistik sistemaning barbod bo‘lishiga olib keldi.
Bugungi kunda sobiq Ittifoq o‘ramidagi mustaqil davlatlar bozor
iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat
qurish tomon rivojlanib
bormoqdalar. Bozor munosabatlari yo‘li bilan rivojlanish esa umuminsoniy
qadriyatlarga va taraqqiyot tendensiyasiga muvofiq keladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Marksizm iqtisodiy ta’limoti qanday tarixiy shart-sharoitlarda vujudga
kelgan edi?
2. Marksizm iqtisodiy ta’limotining asosiy jihatlari nimalar edi?
3. «Kapital» asari va unda ilgari surilgan nazariy masalalar nima?
4. Lenin iqtisodiy qarashlarining asosiy jihatlarini tushuntiring.
120