126 S
X ‘
Qiyinchiliklar
hayo ngizdagi muhim va qadr-
li bosqichdir. Muammo va tashvishlardan xulosa
qilishni eplasangiz, qiyinchiliklar siz uchun dono
muallim kabidir. Qiyinchilikdan xulosa chiqarol-
masangiz, u siz uchun doim sizni do‘pposlaydigan,
lekin siz hech narsa o‘rganmaydigan o‘qituvchiga
aylanadi. Achinarlisi, siz har safar o‘sha darsga
kirishni xohlamaysiz.
Bilimdon bir duradgor bo‘lgan ekan. Unga
doim hamma narsadan shikoyat qilib yuradigan
yigit shogird tushibdi. Shogird har qadamda, hat-
to arzimas mayda muammolardan ham noliyve-
rar ekan. Hayot u uchun go‘yo baxtsizlik, tashvish
va muammolardan iborat edi.
Bir kuni duradgor shogirdini bozorga tuz so b
olish uchun yuboribdi. Odatdagidek, shogird bu
ishni ming‘irlab-to‘ng‘illab bajaribdi.
Duradgor tuzdan bir hovuch olib bir piyola suv-
ga solib aralash ribdi. Keyin shogirdiga qarab:
– Endi bu suvni iching, – debdi.
Shogird hayron qolibdi. Qanday qilib bir pi-
yola tuz solingan suvni ichsin? Ammo ustoziga
bo‘lgan hurma uchun piyoladagi suvdan bir
ho‘plab qo‘yibdi.
– Xo‘sh, mazasi qanday ekan? – so‘rabdi du-
radgor.
– Juda sho‘r, – deya javob beribdi shogird.
127
Q
Duradgor jilmaygancha shogirdini buloq
bo‘yiga olib boribdi. Bir hovuch tuzni buloqqa
tashlab, shogirdiga undan suv ichishini buyurib-
di. Shogird buloq suvidan chanqog‘ini qondirga-
nicha ichibdi.
– Bu suvning mazasi qanday? – deb so‘rabdi
duradgor.
– Juda yoqimli, – debdi shogird.
– Tuzning mazasi keldimi? – debdi duradgor.
– Yo‘q,umuman tuz ta’mini his qilmadim, –
debdi shogird.
Shunda duradgor shogirdiga hech qachon
unutmaydigan saboqni beribdi:
– Hayo mizdagi muammolar tuzga o‘xshay-
di. Oz ham, ko‘p ham emas. Tashvishlar miqdori
har doim bir xil. Faqat uni qabul qila olishni bilish
lozim. Muammo va qayg‘ular qarshisida ko‘ng-
lingni keng qil. Piyola bo‘lishdan voz kech va bu-
loq bo‘lishga harakat qil. Ana shunda muammo-
laring orqasidan keladigan chiroyli na jalarni
ko‘rasan.
Farzandni qiyinchiliklardan qo‘rqmas, mato-
natli va chidamli qilib tarbiyalash ota- onalarning
muhim vazifalaridan biridir. Nima deb o‘ylaysiz,
bugungi kunda ka a hayot davomida turli si-
novlardan o‘ sh uchun farzandlarda irodali ruhi-
yat shakllan rilyap mi?
128 S
X ‘
Biz – bolajon xalqmiz.
Bu bilan faxrlanamiz. Asli-
da esa farzandlarimizda
irodali va chidamli ruhiyat
shakllanishi yo‘lida
aynan
shu sifa miz to‘sqinlik
qiladi. Bolam deb, kichik-
likdan farzandlarimizni qoshiq bilan o‘zimiz
ovqatlan rib, oliygohda o‘qishidan to ishga kir-
gunicha yordam berib, uy-joyidan to uylanishiga-
cha ta’minlab beramiz.
O‘ylab ko‘ring, balki
rivojlangan davlatlarda
farzandlardagi o‘z-o‘zini eplash ko‘nikmasi sa-
babli ular barcha sohada yanada yuqorilab bo-
rayotgandir?
Atrofga qarasangiz, bolaligidan qiyinchilik bi-
lan ulg‘aygan insonlar
bugun hayotda yuqori
mavqeda ekanligini ko‘rasiz. Boshqalarga nis-
batan erishgan yutuqlari ko‘proq ularning.
Qadim zamonda, bir mamlakat podshohi bor
ekan. Podshoh o‘g‘il ko‘ribdi. O‘g‘lini juda yaxshi
ko‘rar ekan. Bir kuni olimlarni yig‘ib: «O‘g‘lim,
hech qachon o‘zini baxtsiz his qilmasligi uchun
biror narsa o‘ylab toping!» deb farmon beribdi.
Olimlar ko‘p o‘ylab, nihoyat, sehrli tugmacha ix-
ro qilishibdi. Podshohga borib: «Sevimli podsho-
himiz, o‘g‘lingizning qorniga bu tugmachani joy-
Farzandingizni har
narsadan asrab-avay-
lasangiz, u oddiy qiyin-
chilikni ham yengish-
ga ojiz bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: