27
Rezyume qanday yoziladi?
Eslatma:
Dastlab matnga hech qanday bezak, rang
bermang� Uning o’z vaqti bor�
Ish boshida kerakli
ma’lumotlarni oddiy matn ko’rinishiga yig’ib olish muhim�
QAYSI TILDA YOZAMIZ?
Bu siz qaysi tilda erkinroq muloqot qilishingizga
bog’liq� Ish beruvchida taassurot qoldiraman deb,
yaxshi bilmasangiz ham ingliz
yoki rus tilida rezyume
tayyorlamang� Har holda, suhbatda ham shu tillarda
muloqot qilishni istamasangiz kerak? Bilmagan
tilingizda
matn yozishga urinib, o’zingizni ham, uni
o’qiydigan ish beruvchini ham qiynab yubormang�
Xullas, “Strangers in the night”ni top-toza o’zbekcha
aksent bilan kuylagan xonandaning ahvoliga tushib
qolmay desangiz, rezyume
va muqova xatini suhbat
sizga qulay bo’lgan tilda tayyorlang�
28
Rezyume qanday yoziladi?
Qo’shimcha:
Ba’zi ish o’rinlariga rus yoki ingliz tilidagi
rezyume yuborilishi aniq so’ralgan yoki ma’qullangan
bo’ladi� Bu kabi holatlarda avval o’zingiz mustaqil shu
tilda yozib, rezyume yozilgan tilni yaxshi biladigan (!)
tanishingizdan ko’rib tahrirlab berishlarini so’rang� O’zi
mahalliy bozorda kamida rus
va ingliz tillarini bilish
minimal standart darajasiga chiqib olgan, desak ham
bo’ladi�