Buyuk ipak yoʻli oʻlishi[
Keyingi asrlarda, ayniqsa moʻgʻullar saltanati davrida garchand Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi karvon yoʻli mavjud boʻlgani haqida koʻplab dalillarni keltirish mumkin boʻlsada, lekin „ipak yoʻli“ nomini unga shartli ravishda qoʻllash mumkin, chunki bu yoʻlning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.
Jahondagi eʼtibor
1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot boʻyicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yoʻli — muloqot yoʻli“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur Oʻrta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar oʻrnatish, ushbu buyuk qitʼalarda yashovchi koʻp sonli xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Koʻplab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990-yil oktabr; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar oʻtkazildi. Buyuk ipak yoʻli boʻylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, baʼzi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklar taʼmirlandi.
Baʼzi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yoʻlini oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. Masalan, BMT va YUNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan bogʻlagan Saraxs — Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish imkoniga ega boʻldilar.
Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻlini tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda [q. Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yoʻlagi (TRACECA)]. Navbatdagi vazifa — Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻlining „temir yoʻl“ varianti toʻla tiklangan boʻladi.
Xulosa
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-y. 2-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimovning Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Uzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalkaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi (yana q. *Buyuk ipak yoʻli sayyoxlik yoʻnalishlari).
Adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Edvard Rtveladze. Toshkent, 2000-yil
Большая советская энциклопедия.
Ртвеладзе, Э., Великий шёлковый путь, Т., 1998.
Rtveladze E., Velikiy shelkoviy put, T., 1998.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |