Konfuntsiy ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug’, u o’ziga
Konfuntsiy ta’limotida insonning hayotdagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug’, u o’ziga
ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rmasligi, o’ziga ravo ko’rgan narsani boshqalariga ham ravo ko’rishi
lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik
g’oyalari takomilida muhim o’rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko’tarilgan
va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan biri Lao-Tszidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko’ra, olam,
jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo’ysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni
— tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir.
Bu qonunga ko’ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Tsi», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, er va yog’och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Tszining ta’kidlashicha,

olamda hech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harakatsiz holda bo’lishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar
o’rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan’ orasidagi munosabat — bizni o’rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar
manbaidir. In va Yan o’rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi,
o’zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko’rsatishi lozim.