oldini olish to’g’risida juda ibratli o’gitlar bergan. Qadimgi dunyo falsafasini chuqurroq o’rgangan odam o’sha davr
mutafakkirlari hozirgi zamon tsivilizatsiyasi qarshisida turgan barcha umumbashariy muammolardan odamlarni
ogohlantirganligining guvohi bo’lishi mumkin. Gap bu ogohlantirishni eshitish, ularni o’zlashtirish va hayotning qonuniga
aylantirishda edi, xolos. Afsuski, odamzod nasli o’zi yaratgan buyuk daholarning barcha o’gitlariga hamma vaqt ham quloq
solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfiyotlar qilingan, ammo ulardan o’z vaqtida kerakli tarzda foydalanilmaganiga
ko’hna tarix guvoh.
Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik to’g’risidagi da’vatlari eskirgani yo’q. Yillar, asrlar o’tishi ularning qadrini tushirmaydi. Zero, bu ta’limotlar insoniyatning o’tda yonmas va suvda cho’kmas umuminsoniy qadriyatlari to’g’risidadir.